RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT


Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab boʻlayotgan “Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun madaniyat va sanʼat xodimlariga subsidiya toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi yuzasidan Madaniyat vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:

Oʻzbekiston Respublikasining “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasida oʻz kasbiy faoliyatini madaniyat tashkilotlarida amalga oshiruvchi jismoniy shaxs madaniyat xodimi, kasbiy yoki nokasbiy asosda (havaskorlik asosida) madaniy faoliyatning bir yoxud bir necha yoʻnalishi boʻyicha ijodiy faoliyat bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxs ijodkor ekanligi koʻrsatib oʻtilgan.

Madaniyat va sanʼat sohasi vakillari, ijodkorlar, shuningdek, 

ushbu sohada faoliyat olib borayotgan professor-oʻqituvchi va xodimlarni moddiy qoʻllab-quvvatlash hamda ularning yashash sharoitlarini yaxshilash “2022 – 2026 yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi”ning 76-maqsadida belgilangan.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 2 fevraldagi PQ–112-son qarori 11-bandida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarori bilan mahalliy byudjetning qoʻshimcha manbalari hisobidan ushbu hududda uzoq yillar samarali faoliyat olib borgan madaniyat va sanʼat sohasi vakillariga hamda isteʼdodli yosh ijodkorlarga ipoteka krediti asosida sotib olinayotgan uy-joy qiymatining 50 foizi miqdorida, biroq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 dekabrdagi 

PF–33-son Farmoniga muvofiq belgilangan uy-joy hisoblangan qiymatining 50 foizidan yuqori boʻlmagan miqdorda subsidiya berilishi belgilab qoʻyilgan.

Bugungi kunda madaniyat va sanʼat sohasida 36 mingdan ortiq xodimlar faoliyat olib boradi. Ulardan 850 nafardan ziyodi oliy taʼlim tizimida, 

2500 nafari oʻrta va oʻrta maxsus taʼlim tizimida, 12 ming nafardan ortiq oʻqituvchilar bolalar musiqa va sanat maktablarida, 9 ming nafardan koʻproq murabbiylar madaniyat markazlarida, 6 ming nafardan ortiq ijodkorlar teatr va sirk sohasida, 2 900 nafardan ortiq sanʼatkor va ijodkorlar konsert-tomosha sohasida mehnat qilib kelmoqda.

Qolaversa, xalqaro miqyosdagi koʻrik-tanlovlar va festivallarda yuqori oʻrinlarni egallab, Vatanimiz nomini ulugʻlashga hamda madaniyat va sanʼat sohasi rivojiga katta hissa qoʻshayotgan madaniyat va sanʼat sohasi vakillarining aksariyati uzoq yillardan buyon oilaviy yotoqxonalarda 

Internet saytlari va ijtimoiy tarmoqlarda iddao qilinayotganidek, madaniyat va sanʼat sohasi vakillarining hammasi ham bir xilda toʻy-hasham, tugʻilgan kun va yoki boshqa tadbirlarda xizmat koʻrsatish, qoʻshimcha daromad topish imkoniyatiga ega emas. Lekin shunga qaramay, ular oʻz kasbiga mehr qoʻyib, fidoyilik bilan mehnat qilmoqda. 

Internet saytlari, ijtimoiy tarmoq sahifalari, rasmiy nashrlar 

portalida madaniyat va sanʼat sohasi vakillari shaʼni va qadr-qimmatini kamsitish yoki yolgʻon, sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatish kabi huquqbuzarliklarga yoʻl qoʻymagan holda qonunchilik hujjatlari yuzasidan asoslangan taklif va mulohazalar bildirilishini soʻrab qolamiz.

Zero, madaniyat va sanʼat sohasi xodimlari ham Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan qoʻriqlanadigan shaxsiy daxlsizlik huquqlaridan erkin foydalanuvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari hisoblanadilar. 

Vazirlik har doim ochiqlik, shaffoflik va soʻz erkinligini qoʻllab-quvvatlab kelgan. Shunga koʻra, sohaga doir oʻzingizni qiziqtirgan zaruriy maʼlumotlarni vazirlik Matbuot xizmati yoki rasmiy veb-saytidan olishingiz mumkin. 

Report Page