RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan ushbu https://t.me/NAMANGAN_RADAR
telegram kanalida “Bunaqasi faqat O‘zbekistonda bo‘ladi” sarlavhasi ostidagi tanqidiy lavha yuzasidan Qashqadaryo viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi.
Qashqadaryo viloyatida avtomobil yo ‘llari tarmog ‘ining jami uzunligi 22 ming 035 kmni tashkil etadi. Shundan 3 ming 487 km ya’ni 15,8 foizi viloyat avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tasarrufidagi yo‘llar hisoblanadi.
Mazkur yo‘llarning 437 kmi xalqaro ahamiyatdagi, 926 kmi davlat ahamiyatidagi va 2 ming 124 kmi mahalliy yo‘llardir.


Mazkur holat yuz bergan yo‘l esa Kitob tumani obodonlashtirish korxonasiga tegishlidir. Tumandagi “Sharq yulduzi” kichik sanoat zonasi hududida pudratchi “Lochin timsoli” MChJ tomonidan joriy yilning oktyabr oyida asfaltlash ishlari olib borilgan.
Yuqori kuchlanishli elektr o‘tgan simyog‘ochni ko‘chirish bo‘yicha quruvchi tomonidan bir necha bor Kitob tumani elektr tarmoqlari korxonasiga murojaat qilingan bo‘lishiga qaramay ko‘chirish ishlari amalga oshirilmagan.
2023-yilning 1-noyabr kuni viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan belgilangan mutaxassislar mazkur salbiy holatni bartaraf etish maqsadida Kitob tumani kichik sanoat zonasi hududiga yuborilib, mavjud yuqori kuchlanishli elektr o‘tgan simyog‘och ko‘chirib olindi.
Ayni paytda murojaatda ko‘rsatib o‘tilgan holat to‘liq bartaraf etilgan.
Qashqadaryo viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi Axborot xizmati