RАSMIY MUNOSАBАT

RАSMIY MUNOSАBАT

 

Termiz shahar hokimligi Kun.uz internet saytidagi “Termiz shahridagi yangi qurilgan ikki qavatli uylarning kanalizatsiyaga ulanmagani aholini sarson qilmoqda” borasidagi munosabat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

 Haqiqatdan ham Termiz tuman Manguzar MFY hududida qurilgan 8 ta 2 qavatli, koʼp xonadonli uy-joylar (keyinchalik mazkur uylar qurilgan mahalla Termiz shahar hududiga oʼtkazilgan) qurilgan vaqtda loyiha smeta xujjatlarida oqova suv tarmoqlari markaziy oqova suv tarmoqlariga ulanishi koʼzda tutilmaganligi bois bugungi kunga kelib, ushbu koʼp qavatli uylarda yashovchi fuqarolarni qiynab kelayotgan eng katta muammolardan biridir. Ushbu muammoni hal etish yuzasidan Termiz shahar hokimligi va mutasaddi tashkilotlar tomonidan tegishli aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilgan, biroq Manguzar mahallasi xududidagi ikki qavatli turar-joy binolaridan shaharning markaziy oqova suv tarmogʼiga ulanishi boʼyicha dastlabki hisob-kitoblarga asosan loyiha qiymati 2,5-3 mlrd. soʼmni tashkil etmoqda.

Shu boisdan ushbu loyihani amalga oshirish boʼyicha taklif ishlab chiqilib, 2022 yilda Investitsiya dasturi doirasida amalga oshiriladigan ijtimoiy infratuzilma va muxandislik kommunikatsiyalarini tarmoqlarini taʼmirlash boʼyicha amalga oshiriladigan loyihalar manzilli dasturiga taklif kiritilib, tegishli vazirliklar ham xabardor qilingan.

 Dastur tasdiqlanib, mablagʼ ajratilgandan soʼng ushbu loyiha 2022 yilning 3-choragida amalga oshirilishi maʼlum qilinadi, shuningdek ushbu loyiha amalga oshirilgunga qadar, shahar hokimligi hamda “Surxondaryo Suvtaʼminot” MChJlar birgalikda grafik asosida alohida maxsus chuqur (yama)lardagi oqova va chiqindi suvlarni maxsus avtotransport vositalari orqali olib chiqib ketilayotganligini maʼlum qilamiz.




Report Page