RАSMIY MUNOSАBАT

RАSMIY MUNOSАBАT


Termiz shahar hokimligi ijtimoiy tarmoqda “Termiz shahar А.Navoiy shoh koʼchasi yoʼlini taʼmirlash ishlari 2019 yilda boshlangani, biroq hanuzgacha tugatilmagani” borasidagi murojaat yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi” PQ-5048-sonli qaroriga asosan Termiz shahrining А.Navoiy koʼchasini rekonstruksiya taʼmirlash ishlariga 2021 yilda 7,4 mlrd. soʼm mablagʼlar ajratilib, tendir savdolarida gʼolib deb topilgan “Termiz Tezkor Qurilish” ITKT tomonidan taʼmirlash ishlari belgilangan. Bugungi kungacha asfaltbeton yotqizish ishlari vaqtincha toʼхtab qolganligining sababi ushbu koʼchaga ajratilgan bitum maxsuloti yoʼqligi bois boshlanmagan edi. Bugun, 30-oktabr kuni А.Navoiy koʼchasini rekonstruksiya qilish ishlari boshlanganligini maʼlum qilamiz.



Report Page