RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

@ecofarghana

Ijtimoiy tarmoqlarda Buvayda tuman Bumozor qishlogʻidagi mahalliy avtomobil yoʻl qirgʻoga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 5 -yoshli 6 ta archa koʻchatlari ekilib, ular “Bumozor” MFY raisi va hudud profilaktika inspektori tomonidan boshqa joyga koʻchirilgandi. Hozirda archalarni sugʻorish va parvarishlash ishlarini olib borilmaganligi sababli archa koʻchatlari qurib, qoʻporib tashlandi“ mavzusida tarqagan xabarga Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabati.

Mazkur xabarga koʻra Fargʻona viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boshqarmasi xodimlari tomonidan joyida oʻrganish ishlari olib borildi.

Oʻrganish davomida 2023-yil Bahor mavsumida Buvayda tumani hokimligi

”Bumozor“ MFY hududiga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ekilgan archa koʻchatlari Buvayda tuman inspektorlari tomonidan “Elektron platformaga” roʻyhatga olingan.

2023-yil 18-aprel kuni Buvayda tumani ”Bumozor" MFY raisi F.Oʻ ga Majburiy koʻrsatma va 2023-yil 8- iyul kuni 56123 -son bilan qayta koʻrsatma berilganiga qaramasdan, tabiiy muhitni tiklash va tabiiy muhitga zararli taʼsir koʻrsatish oqibatlarni bartaraf qilish choralarni koʻrmaganligi natijasida ekilgan koʻchatlar qurib qolganligi aniqlandi.


Holatga koʻra fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning

95- moddasida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga nisbatan nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilib 330 ming soʻm miqdorida maʼ muriy jarima tayinlandi.


Fargʻona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Report Page