RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan "Shahrisabz shahridagi 7-maktabda nima gap? " nomli murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’lim boshqarmasi rasmiy munosabati:
Aniqlanishicha, video tasvirdagi murojaatchi o'qituvchi bilan bog'liq jarayon ta'lim tashkiloti qat'iy nazoratiga olingan. Ya'ni Shahrisabz shahridagi 7- sonli maktabini boshlang’ich sinf o’qituvchisi G. N. mehnat majburiyatlarini qo’pol ravishda muntazam buzganligi (Ichki mehnat tartibi qoidalarining 2.19.3-bandidagi “maktab ichki tartib va odob axloq qoidalarini buzganligi" munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 161-moddasi ikkinchi qismi 4,5-bandiga asosan 2024 yil 30-sentabr kunidan u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
————
Bundan tashqari ilgari g'ayriqonuniy tartibda ijtimoiy tarmoqlarda ta'lim tashkilotini obro'sizlantirishga doir yoritilgan murojaatlar yuzasidan tarmoq, kanal yurituvchilar ogohlantirilib, tegishli mas'ul tashkilotlar tomonidan ta'sir choralari(javobgarlikka sabab bo'lgan) qo'llanilgan.
Shuningdek, hozirda ijtimoiy tarmoqlarda ta'lim tashkiloti(Shahrisabz shahar 7-maktab) faoliyatini qasddan tanqidiy "bo'rttirib", maktab direktorini "og'rilikda" ayblayotgan shaxslarni vajlari esa haqiqatga yaqin emas. Sababi, mazkur holat yuzasidan Shahrisabz shahar IIB huzuridagi tergov bo'linmasi tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida biror-bir shaxslarning harakatlarida O'zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasida nazarda tutilgan yoki boshqa jinoyat tarkibi aniqlanmaganligi sababli 23.10.2021 yil O'zbekiston Respublikasi JPKning 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo'zg'atishni rad etgan.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan murojaatlardagi yolg'on vajlar, pedagoglarni ishchanlik faoliyatiga salbiy ta'sir etadigan holatlar yuzasidan hozirda huquq tartibot organlariga o'rganib chiqib, dastlabki surishtiruv ishlarini olib borish yuzasidan rasman murojaat etilganligini ma'lum qilamiz.
Zero, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi pedagog xodimlar, o'quvchilar, maktab direktorlari faoliyatiga befarq emasdir!
ESLATMA!
Eslatib o'tamiz, Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi pedagog xodimlar(ta'lim tashkilotidagi barcha xodim) ni kamsitilishini qat'iy qoralaydi. Bundan tashqari haqorat qilish, ya’ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitishga qaratilgan holatlar javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati