RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Sherobod tumani hokimligi Axborot xizmati

Sherobod tumani hokimligi joriy yilning 25 sentabr kuni Xalq nazorati “www.facebook.com” ijtimoiy tarmoq orqali “Sheroboddagi sement zavodga olib boruvchi yo‘lni katta hajmli «sementovoz»lar qatnayverib dabdalasini chiqargan. «Sementovoz»lar sementni sotish uchun tashiydi. Demak, sement zavod foyda ko‘ryapti. Sement zavodning orqa tarafida, tog‘ yon bag‘rida Vandob qishlog‘i joylashgan. Qishloq aholisini sivilizasiya bilan bog‘lovchi bundan boshqa yo‘l yo‘q. Atiga 10 km masofadagi yo‘lni naqd yarim soatda bosib o‘tsangiz ham katta gap... «Xalqning qazilma boyligini sotib foyda ko‘ryapsanmi, o‘sha xalqqa ham ishlat. Yoki hech bo‘lmasa ziyoning tegmasin» deydigan odam yo‘q. P.S. «Sementovoz»lar bu yo‘llardan hali yana bir necha o‘n yillar qatnashini inobatga olib, beton-ka yo‘l qilish maqsadga muvofiq bo‘lardi.” degan mazmunda yoritilgan material yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

 Tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra ushbu yo‘l 4K-624 A "Sherobod-Poshxurt-Oqtosh-Muzrabot avtomobil yo‘li Vandob dam olish maskaniga shahobcha" avtomobil yulining 0-13 km qismini to‘la ta’mirlash ob’ekti 2018 yildan boshlab kurilish-montaj ishlari davom etmoqda. 2020 yil ushbu ob’ektning 4 km qismi foydalanishga topshirildi. Ob’ekt yildan yilga o‘tuvchi bo‘lib yo‘l qurilish ishlari KMK ga asosan qurilmoqda. Hozirgi vaqtda ob’ektda asfaltobeton yotqizish ishlari bajarilayotganini ma’lum qildi.

Report Page