RASMIY MUNOSABAT
SurxonkadastrYouTube ijtimoiy tarmog’i orqali yo’llangan murojaat yuzasidan Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o’rganib chiqib, quyidagilar aniqlandi.
O’rganish jarayonida, Kadastr agentligi Angor tumani bo’limi inspektorlari tomonidan tumandagi mavjud yer maydonlaridan maqsadli samarali foydalanishni ta’minlash, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o’zboshimchalik bilan yer maydonlarini egallab olish hamda ushbu yer maydonlarida noqonuniy qurilishlarni oldini olish hamda bartaraf etish va choralar ko’rish yuzasidan monitoring kuzatuv ishlari olib borilgan.
Keyinchalik, Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Angor tuman bo’limining 2025-yildagi davlat yer nazorati tadbirini o’tkazish to’g’risidagi buyrug’iga asosan tumanning “Bahor” mahallasida yer nazorati tadbirlari amalga oshirish vazifasi yuklatilgan.
Monitoringlar natijasida 2025-yilda Davlat yer nazorati tadbirlari Angor tumani, “Bahor” mahallasi hududida yashovchi fuqaro I.U. tomonidan ushbu mahalla hududidagi davlat zaxirasida bo’lgan yer maydonini o’zboshimchalik bilan egallab olib, (beton qorishmali g’ishtdan) Tovuqxona binosi qurib olganligi holati aniqlangan.
Ushbu aniqlangan holat yuzasidan, qonunchilikda belgilangan tartibda
I.U.ning o’zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasi va unda qurilgan (beton qorishmali g’ishtdan) Tovuqxona binosiga nisbatan Kadastr agentligi Angor tuman bo’limi inspektorlari tomonidan 2025-yilda O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning 60-modda, 3-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, yer maydoni va unga qurilgan noqonuniy qurilmalarni ixtiyoriy bartaraf etish bo’yicha 15-kunlik muddatda yozma ko’rsatma berilgan. Bu borada (fuqaro I.U.ning imzo chekishdan va tushuntirish xati yozishdan bosh tortganligi to’g’risida holis guvohlar ishtirokida bayonnomasi ham rasmiylashtirilgan).
Kadastr agentligi Angor tuman bo’limi boshlig’i tomonidan fuqaro I.U.ning sodir etilgan mazkur yer qonunbuzilish holatini mazmunan ko’rib chiqish uchun 2025-yilda (25.09.2025-yil soat 09:00 da ko’rsatilgan vaqtda kelishi va ishni ko’rib chiqishda qatnashishi) bo’yicha xabarnoma yuborilgan hamda fuqaro belgilangan vaqtda kelmaganligi va ma’muriy ishni ko’rib chiqishda iltimosnoma yoki e’tirozlar kelib tushmaganligi sababli fuqaro I.U.ning ishtirokisiz ko’rib chiqilganligi aniqlandi.
Keyinchalik, fuqaro I.U.tomonidan davlat zaxirasidagi yer maydonini o’zboshimchalik bilan egallab, qurib olgan (beton qorishmali g’ishtdan) Tovuqxona binosiga nisbatan Kadastr agentligi Angor tuman bo’limi boshlig’i tomonidan 25.09.2025-yilda Ma’muriy jazo qo’llash to’g’risidagi qarori bilan 82 mln 400 ming so‘m miqdoridagi jarima jazo qo‘llash to‘g‘risida qarori qabul qilingan va hozirda ushbu jarima summasi to’lanmagan.
Hozirgi kunda, fuqaro I.U. tomonidan o’zboshimchalik bilan davlat zaxirasidagi yer maydonini egallab, qurib olgan Tovuqxona binosi o’z hisobidan ixtiyoriy ravishda buzib (bartaraf) etganligi hamda dalolatnoma rasmiylashtirib berilganligi ma’lum qilinadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, “fuqaro I.U. tomonidan dalolatnoma olib sudga kiritamiz desak, Kadastr agentligi xodimi jarimani yarimini MIB tomonidan to’lataman deb tahdidlar qildi” vaji bo’yicha ushbu holat yuzasidan kadastr xodimlari tomonidan fuqaro I.U.ga jarimani kamaytirish uchun Jinoyat ishlari bo’yicha sudga murojaat qilishi lozimligi haqida tushuntirib o’tildi, lekin hech qanday MIB tomonidan jarimani to’lataman degan vaji esa asossiz.
Bundan tashqari, “fuqaro I.U.ga ixtiyoriy 15 kunlik muddatda ogohlantirish beriladiku degan” vaji bo’yicha jismoniy va yuridik shaxslarga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 60-modda,
3-qismiga asosan 15-kunlik muddatga ogohlantirish xati emas aksincha 15 kunlik muddatda yozma ko’rsatma berilishi belgilab qo’yilgan. Eslatma Yozma ko’rsatma talablari belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 60-modda, 3-qismi bo’yicha to’plangan materiallar ishni ko’rib chiqishga sabab bo’lishi hamda Yer kodeksining tegishli moddalariga muvofiq yer uchastkasini tegishliligi bo’yicha qaytarish yuzasidan Fuqarolik ishlari bo’yicha sudga da’vo arizasi kiritilishi belgilab qo’yilganligi sababli ushbu holatlar amalga oshirilishi fuqaroga tushuntirilgan.
“Fuqaro tomonidan tovuqxona binosi fundament quyib qurilganmi yoki yerdan tovuqxona ko’tarilganmi, 60-moddaning 3-qismida fundament bo’lishi kerak emasmi degan” vaji bo’yicha - MJTKning 60-moddasi 3-qismida - O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirilganligi holati aniqlangan.
Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.04.2022-yildagi “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 200-sonli qarorining, 2-ilovasida yengil turdagi qurilmalar - yengil konstruksiyalardan iborat, har tomonlama yopiq yoki bir qismi ochiq, 0,5 metrdan chuqur bo‘lmagan holatda toshdan yoki g‘ishtdan terilgan poydevorlarga ega, to‘liq yechib olish (donalab o‘pirib olish) va ko‘chirish imkoniyati mavjud ob’ektlar) hisoblanadi.
“Fuqaro shu 15 kunlik muddatda tovuqxonani buzib bartaraf qilgan hozir dalolatnoma kerak bo’layabdi jarimasi kichkina emas, bu fuqaro 10 ta tovuq boqaman deb buncha jarimani to’lashi adolatga to’g’ri keladimi” degan vaji bo’yicha ushbu yer qonun buzilish holatlariga yo’l qo’ygan jismoniy va yuridik shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilishi qat’iyan belgilab qo’yilgan, qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi. (Asos: 16.08.2021-yildagi 708-sonli Qonun).
“Hurmatli fuqarolar mana 15 kunlik ixtiyoriy muddat berilgan keyin muddat tugagandan keyin kadastr xodimlari tomonidan noqonuniy qurilish bartaraf qilindimi yoqmi kelib tekshiradi va undan keyin javobgarlik masalasi ko’riladi“ degan vaji bo’yicha esa O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksning 60-moddasi 3-qismiga asosan yer qonun buzilish holatlaridagi huquqbuzarlik oqibatlari bartaraf etilsa ham ma’muriy javobgarlik choralari ko’rilishi qat’iyan belgilab qo’yilganligini ma’lum qilamiz.
Shuningdek, “Hozirda nega fuqaroga amaliy yordam berilmayabdi, 82 mln so’m pul topish osonmi, nima uchun yengil qarayapsizlar, fuqaroni ahvolidan kelib chiqib nega ish qilinmayabdi, huquqiy tushuncha berib jinoyat sudi orqali ariza kiritilsa o’sha kamayadiku, nima uchun bu yog’ida huquqiy tushuncha bermayabsizlar” degan vaji bo’yicha fuqaro I.U.ning noqonuniy qurilgan qurilishlarini joyiga chiqib ko’zdan kechirib bartaraf qilinganligi to’g’risida dalolatnoma tuzilgan hamda fuqaro tomonidan Jinoyat ishlari bo’yicha sudga ariza topshirib, jarimani kamaytirish bo’yicha huquqiy tushunchalar berilgan.
❗Unutmang ‼ Yerlarni o'zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirish ma'muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo’ladi.