RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

t.me/surxonkadastr

“Surxon ovozi” gazetasining 12.09.2024 kungi sonida “Temir panjara hangomalari” nomli maqola chop etildi. 

Materialda Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi Termiz shahar filialida fuqarolarga qilinayotgan muomala tanqid ostiga olingan bo‘lib, unga ko‘ra, tashkilot atrofi temir panjara bilan o‘ralgani, filialga tashrif buyurgan fuqarolarning ichkariga kirishi cheklangani, fuqarolar muammolarini qorovul eshitayotgani, tegishli mutaxassislarga faqatgina telefon orqali bog‘lanish mumkin bo‘layotgani, bu esa fuqarolarning sarsongarchiliklarga sabab bo‘layotgani ta’kidlangan. 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2 sentabrdagi “Kadastr sohasida ayrim davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 535-sonli qarorining 1-ilovasiga asosan tasdiqlangan reglamentning 9-bandiga asosan - “Ariza beruvchi kadastr pasportini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun ro‘yxatdan o‘tadi” deb belgilangan. 

Shuningdek, kadastr idoralari toifalangan obyektlar ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, unga tashkilot ruxsatisiz birorta jismoniy va yuridik shaxslar kirishi mumkin emas.

Bugungi kunda yurtdoshlarimiz shu kabi kadastr xizmatlaridan Davlat xizmatlari markaziga murojaat etgan holda yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali foydalanishlari mumkin.











Report Page