RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

@ecofarghana

Ijtimoiy tarmoqlarda “Qo‘qon shahar "Oltin vodiy" MFY Movarounnahr ko‘chasidagi A.T.Huqandiy mavzesi 26A uyning orqa tomonidagi yashil maydonni yo‘q qilib, moratoriy talablariga zid ravishda qasddan ikki tup Yasen daraxtini kesib, yo‘q qilib tashlandi” mavzusida tarqalgan xabarga Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi rasmiy munosabati.

Farg‘ona viloyat Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Qo‘qon shahar inspeksiyasi davlat inspektorlari tomonidan mazkur xabarda keltirilgan qonunbuzarlik holatlari bo‘yicha tezkorlik bilan joyida borib o‘rganish ishlari olib borishdi. O‘rganishlar davomida haqiqatda “Oltin vodiy” MFYning A.T.Xo‘qandiy mavzesi hududida ikki tup Yasen daraxtlarini qurilish ishlari amalga oshirish jarayonida ostidan kesib, ildiz qismlari bilan ko‘chirib tashlaganlik holati aniqlandi.

Bu bilan O‘zbekiston Respublikasi “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 37-moddasining ikkinchi qismi talablari qo‘pol ravishda buzilgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PF-46-sonli farmoniga asosan daraxtlarni kesish uchun ruxsat berish muddatsiz davrga moratoriy belgilab qo‘yilgan farmon talablariga amal qilinmagan.

Mazkur holatga ko‘ra huquqbuzar K.Aga nisbatan o‘simlik dunyosiga yetkazilgan 184 million 800 ming so‘m zarar hisoblanib, hozirda rasmiylashtirilgan hujjatlar Qo‘qon shahar prokuraturasiga taqdim etildi.

Yakuniy choralar bo‘yicha yana qo‘shimcha ma'lumot beriladi.

Farg‘ona viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati



Report Page