RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT


Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Nishon tumanidagi 14-maktabda sodir bo‘lgan holat yuzasidan video tarqalgan edi.

Unda ikki nafar fuqaro sinfxonasiga kirib, o‘quvchilarga jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan mol-mulk va yer soliqlarining to‘lov muddatlari haqida tushuntirish berib, eslatmalar tarqatganligi aks etgan.

Ushbu holat yuzasidan tasvirga olingan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keskin e’tirozlarga sabab bo‘ldi.

Holat bo‘yicha Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi tayinlangan edi.

Xizmat tekshiruvida quyidagilar aniqlandi.

Joriy yilning 4-sentabr kuni soliq inspeksiyasining Ishlab chiqarish va yordamchi xodimlar tarkibidan Nurmanov Ro‘zmamat Norqobilovich va Xazratqulov Bobur Asatullaevichlar tumandagi 14-sonli o‘rta maktab borib,   3-sinf o‘quvchilariga jismoniy shaxslar tomonidan to‘lanadigan mol-mulk va yer soliqlari haqida eslatmalarni ota-onalariga yetkazish uchun tarqatishgan.

Inspeksiya rahbariyati tomonidan ushbu xodimlarga eslatmani aynan maktab hududida tarqatish haqida topshiriq berilmagan.

Xodimlar maktab o‘qituvchisi bilan kelishib, sinf xonaga kirgan holda o‘quvchilarga eslatmalarni tarqatishgan. Holat sinf rahbari tomonidan video tasvirga olinib, sinf o‘quvchilari ota-onalarining telegramdagi  guruhiga tashlab yuborilgan. Natijada ushbu video tasvir ijtimoiy tarmoqlarga salbiy talqinda tarqalib ketgan.

Ushbu holat yuzasidan Nishon tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari I.Raximqulov rasmiy ogohlantirish berildi. Хodimlar R.Nurmanov va B.Xazratqulovlar tomonidan yo‘l qo‘ygan xatolari uchun ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i tomonidan o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishda barcha shahar va tuman soliq inspeksiyalari boshliqlari bu kabi holatlarga yo‘l qo‘ymasliklari yuzasidan ogohlantirildi.

 

  Qashqadaryo viloyati

soliq boshqarmasi

 

 




Report Page