RASMIY MUNOSABAT

Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Namangan viloyati, To‘raqo‘rg‘on tumani Yettikon mahalla, Hamroh ko‘chasi, 168-uyning nizoli masalasi bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qiladi.
To‘raqo‘rg‘on tumani Yettikon mahallasi Hamroh ko‘chasi kadastr raqami 16:06:03:01:02:2372-sonli 168-uyga nisbatan Xalq deputatlari To‘raqo‘rg‘on rayon soveti Ijroiya komitetining 15-noyabr 1989-yildagi 189/11-sonli qaroriga asosan fuqaro Nurmatova Osiyaxon Vaqqosovna nomiga 2022-yilda kadastr hujjati shakllantirilgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Turar-joyning yer ajratish to‘g‘risidagi hujjatga asosan yer maydoni 0.10 ga, amaldagi foydalanish maydoni 0,1180 ga, umumiy qurilish osti maydoni 158,73 kv.metrni tashkil qiladi.

Yuqoridagi turar-joyni 2022-yil 27-iyun kungi Namangan shahridagi xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning Turar-joy oli-sotdi shartnomasiga asosan fuqaro Usmanov Shuxrat Nasibillayevich nomiga rasmiylashtirilgan va 05.07.2022-yilda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.


Mazkur turar-joyni To‘raqo‘rg‘on tuman xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusning 27-aprel 2023-yildagi Uy-joy oldi - sotdi shartnomasiga asosan Meliboyeva Xurshida Yusufbekovna nomiga rasmiylashtirilgan va 01.06.2023 - yilda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.
Hozirda Namangan tumanlararo sudining 23.12.2022-yildagi hal qiluv qaroriga asosan video murojaatdagi fuqaro Nurmatova Osiyoxonning fuqaro Usmonov Shuhrat va xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notariusga nisbatan ko‘chmas mulkni oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emas deb topish haqidagi da’vosini qanoatlantirishni rad qilingan.
Tuzilgan Ishchi guruh tomonidan murojaatning kadastr xizmatiga oid qismi to'liq o'rganib chiqildi. Kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda kamchiliklar aniqlanmadi. Barcha ishlar me'yoriy hujjatlar asosida amalga oshirilgan.
Matbuot xizmati.