RASMIY MUNOSABAT
https://t.me/surxonkadastr
Sariosiyo tumani "Toqchiyon" mahallasida faoliyat yuritib kelayotgan “Eshkamol” fermer xo‘jaligini qayta xatlovdan o‘tkazish yuzasidan qilingan murojaati Surxondaryo viloyati Yer resurslari va davlat kadastr boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o`rganib chiqildi.
Tumanda faoliyat yuritayotgan “Eshkamol” fermer xo‘jaligiga 2019 yil 12 iyulidagi №4098-sonli tuman xokimi qaroriga asosan 513, 512, 529, 533, 534 , 532, 21k, 469k, 475 konturlardan jami 529.7 gektar shundan 48.0 gektar suvli, 5 gektar ko‘p yillik daraxtzor, 22.8 lalmi haydaladigan, 333.6 gektar yaylov va pichanzorlar, 120.3 gektar boshqa turdagi yer maydoni ajratilgan. Fermer xo‘jaligi hisobidagi yaylov yerlari qayta o‘lchovdan o‘tkazilganda 469k=20.4 ga,473=0.8 gektar ,475=12.8 gektar
9=7.1 gektar, 13k=273,6, 7k=68,8 gektar, 5k=17,6gektar jami 401,1 gektar ekganligi aniqlandi.
Shundan: 16.8 gektar lalmi haydaladigan, 333.6 gektar yaylov va pichanzorlar, 50.7 gektar qishlok xo‘jaligida foydalanilmaydigan yerlardan iborat.
Bundan tashqari fermer xo‘jaligida 48 gektar suvli haydaladigan, 5 gektar bog‘zor mavjud. 50 gektar yaylov yer maydoni tuman xokimi zaxirasiga qaytarilgan,lekin xokim qarori mavjud emas.
Zaxiraga qaytarilgan 50 gektar yer maydonidan tumanda faoliyat yuritayotgan “Sherzod-Nur” fermer xo‘jaligi 2019 yildan buyon foydalanib kelmoqda.
“Eshkamol” fermer xo‘jaligi hisobida 131 bosh qoramol, 182 bosh kuy-echki, 10 bosh yilqi borligi aniqlandi.
Ushbu yuqoridagilardan kelib chiqib fermer xo‘jaligi hisobida ortiqcha yer maydoni mavjud emasligi aniqlandi.
Surxondaryo viloyati Yer resurslari va davlat kadastr boshqarmasi, Surxondaryo viloyati Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi Axborot xizmati