RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

https://t.me/surxonkadastr

 

https://t.me/surxonkadastr

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani “Bobur” mahallasi Mustaqillik ko‘chasida joylashgan “SHO‘RCHI PAXTA TOZALASH” AKSIYADORLIK JAMIYATIga qarashli Sho‘rchi paxta tozalash zavodi yerlarini tadbirkorlarga bepul berilishi to‘g‘rimi ostidagi qilingan murojaati Surxondaryo viloyati Yer resurslari va davlat kadastr boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o`rganib chiqildi.

Sho‘rchi shahri “Bobur” mahallasi Mustaqillik ko‘chasida joylashgan “SHO‘RCHI PAXTA TOZALASH” AKSIYADORLIK JAMIYATIga qarashli Sho‘rchi paxta tozalash zavodi maʼmuriy binosi old qismida qurilayotgan qurilishlarga tegishli hujjatlar asosida yozib maʼlum qilamiz.

1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 19 dekabrdagi 381-sonli yig‘ilish bayonining 14-bandi ijrosini ijrosini taʼminlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 22 maydagi 2015-2017 yillarda Surxondaryo viloyatining muhandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmasini yana-da rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risidagi PQ-2349-sonli qaroriga asosan Sho‘rchi tumani Mustaqillik ko‘chasi rekonstruksiya qilinishi munosabati bilan ko‘cha yonida joylashgan barcha yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan turar-joy binolari va noturar joy obyektlari buzilib, zamonaviy tasdiqlangan loyihalar asosida qayta qurilish ishlari rejalashtirilgan va quyidagi ishlar amalga oshirilishi yuzasidan tumanimiz markazining Mustaqillik ko‘chasi yonida joylashgan “Sho‘rchi paxta tozalash”AJning darvoza va qorovulxona binosining holati uning fasad ko‘rinishi talab darajasida emasligi sababli zamon talablari asosida zamonaviy ko‘rinishda rekonstruksiya qilinishi bo‘yicha Sho‘rchi tuman Qurilish bo‘limi tomonidan 2019 yil 26 iyundagi 140-sonli “Sho‘rchi paxta tozalash”AJ boshqaruvi direktori P.Bobomurodovga xat bilan xabar qilingan bo‘lib, ushbu xatga javoban “Sho‘rchi paxta tozalash”AJ boshqaruvi direktori P.Bobomurodov tomonidan 2019 yil 1 iyul kuni 01-01/455-sonli xat bilan xabar qilingan va bu ishlarni bajarish maqsadida, “Keldiyorbek Jumayev” MCHJ – “Bajaruvchi” (B.Eshquvvatov) bilan “Sho‘rchi paxta tozalash” AJ “Buyurtmachi” (P.Bobomurodov) o‘rtasida 2019 yil 1iyuldagi 02-sonli “Haq evaziga xizmat ko‘rsatish shartnomasi” rasmiylashtirilgan va shartnomaga asosan “Bajaruvchi” tomonidan 5.20 x 5.10 = 26.52 kv.metr o‘lchamdagi qorovulxona binosi, temir panjarali darvoza hamda yong‘in xavfsizligini taʼminlash bo‘yicha darvoza qurilish ishlari va ularni amalga oshirish loyiha asosida bajarilishi lozim. hozirda ushbu obyektlar muhofaza hududini saqlagan xolda qurilish to‘liq bajarilgan bo‘lib, shartnoma bo‘yicha ko‘rsatilgan 3.333.746 so‘mni
2019 yil 1 avgust kuni 16-sonli to‘lov topshiriqnomasiga asosan Sho‘rchi ATB Qishloq qurilish banki tomonidan “Sho‘rchi paxta tozalash” AJning hisob raqami (20210000300430295001) ga “Keldiyorbek Jumayev” MCHJ hisob raqami (20202000704805682001)dan to‘liq o‘tkazilgan.

2. Sho‘rchi tumani “Bobur” mahallasi Mustaqillik ko‘chasida joylashgan “Sho‘rchi paxta tozalash” AJ maʼmuriy binosining old qismidagi kirish yo‘lagi 15.00х4.40= 66.00 kv.metr yer maydoni 30.07.2019 yildagi №019/07-sonli ikki tomonlama ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomasi va 30.07.2019 yildagi Topshirish qobil qilish dalolatnomasi “Sotuvchi” “Sho‘rchi paxta tozalash” AJ va “Sotib oluvchi” “Keldiyorbek Jumayev” MCHJ o‘rtasida shartnoma imzolangan.

3.“Keldiyorbek-Jumaev” MCHJga 725.77 kv.metr yer maydonda joylashgan qorovulxona binosi,asfalt maydoni va temir to‘siq qorovulxona binosi tashqi майдони-26.52 kv.m, bino va inshootlar inventar bahosi 11241388.00 сўм.22.07.2019 yildagi №080/07-sonli “Denov Realtor Servis” MCHJ ko‘chmas mulk oldi sotdi shartnomasiga asosan 05.08.2019 yilda kadastr hujjatlari tayyorlanib davlat ro‘yxatiga olingan.

Sho‘rchi tumani “Bobur” mahallasi Mustaqillik ko‘chasida joylashgan .“Keldiyorbek-Jumaev” MCHJga tegishli бўлган725.77 kv.metrda joylashgan “Qorovulxona binosi, asfalt maydoni va temir to‘siq“ni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilgan xolda zamonaviy ikki qavatli “Yoshlar sport sog‘lomlashtirish markazi hamda Savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish” binosiga moslashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Qurilish Vazirligi Surxondaryo viloyati qurilish bosh boshqarmasi Sho‘rchi tuman qurilish bo‘limi tomonidan 27.08.2019 yildagi 22-sonli RUXSATNOMA berilgan.

4. Sho‘rchi tumani “Bobur” mahallasi hududida joylashgan “Sho‘rchi paxta tozalash” AJ balansida bo‘lgan foydalanilmay turgan 800.0 kv.metr bo‘sh yer maydoni “Sho‘rchi paxta tozalash”AJning 2018 yil 29 dekabrdagi 01-16/915-sonli xati bo‘yicha Sho‘rchi tuman hokimining 03.04.2019 yildagi №1172-sonli qarori asosida tuman hokimligi zaxirasiga olingan.Sho‘rchi tuman Xokimi qurilish uchun yer uchastkalari tanlash va ajratib berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish komissiyasining 2019 yil
25 martdagi dalolatnomasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2006 yil 26 maydagi “Davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib quyilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risidagi  97-sonli qaroriga asosan Ulug‘nazarov Xoliqulning tuman xokimi nomiga tadbirkorlik qilish uchun yer maydoni so‘rab yozgan arizasiga asosan Sho‘rchi tuman “Dehqon (oziq-ovqat) bozori MCHJ hududida joylashgan “Savdo do‘koni buzilishi bo‘yicha Sho‘rchi tumani “Bobur” mahallasi Mustaqillik ko‘chasida joylashgan tuman hokimligi zaxirasidagi 800.0 kv.metr yer maydoni “Savdo majmuasi va sport sog‘lomlashtirish markazi” binolari qurish uchun yer ajratish bo‘yicha Sho‘rchi tumani hokimining 2019 yil 03 apreldagi 1173-sonli qarori bilan tasdiqlanib jami
800.00 kv.metr yer maydoni ajratib berilgan.

Hozirgi kunda zamonaviy loyiha asosida qurilish ishlari davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati Yer resurslari va davlat kadastr boshqarmasi, Surxondaryo viloyati Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi Axborot xizmati.

Report Page