RASMIY MUNOSABAT
To‘rtko‘l tumani aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlanganligini yaxshilash maqsadida fuqarolarning ko‘plab murojatlarini inobatga olgan holda, Qorakalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Prezidiumining 2023-yil 22-iyundagi 1235-sonli qarori asosida jami 14,0 km ichimlik suv quvurlarini yangidan qurish va yangisiga (rekonstuksiya) almashtirish rejasi tasdiqlangan. Ayni kunlarda tender yakuni bo‘yicha g‘olib bo‘lgan “Tuproqqa’la mahsus qurilish” MChJ tomonidan qurilish ishlari olib borilmoqda.
Hozirgi kunda “Jayhun “MFY Sharq ko‘chasi va ”Do‘stlik” MFY Ozodalik ko‘chalari ichimlik suvi quvuri yangisiga almashtirilmoqda.
Ish jarayoni belgilangan grafik reja asosida olib borilmoqda. Qurilish ishlari yakunlangandan so‘ng loyiha-smeta hujjatlarida yo‘lni zararlangan qismi uchun hom ashyo va materiallar ajratilgan bo‘lib, tegishli tashkilotlar tomonidan ushbu ishlarning sifatli amalga oshirilishi nazoratga olinganligini ma’lum qilamiz.
Shuningdek, “To‘rtko‘l suv ta’minoti” ma’muriyati “Bog‘yop” MFY To‘rtko‘l ko‘chasidan tushgan murojaati bo‘yicha quyidagilarni bildiradi:
2023-yil 26-29-iyul kunlari Magistral ichimlik suvi quvuridagi (rekonstuksiya) ta`mirlash ishlari sabab, ichimlik suvining loyqalanganligini bildirib, bugungi kunda ichimlik suvi tiniqlashib, sifati yaxshilanib, olingan tahlil namunasi asosida iste’molga yaroqliligini bildiradi.