RASMIY MUNOSABAT
https://t.me/surxonkadastr«Telegram» ijtimoiy tarmog‘ining EFFECT.UZ saytining rasmiy Telegram kanali orqali “ ⚡️Qiziriqda bog‘bonlarning bog‘i quriyapti! sarlavhasi ostida qilgan murojaatlar yuzasidan Kadastr agentligi Surxondaryo viloyati boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o‘rganilib chiqildi.
O‘rganish jarayonida O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 14 noyabr kuni o‘tkazilgan videoselektorida “Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida zamonaviy agrosanoat klasterini tashkil etish to‘g‘risida”gi berilgan topshiriqning ijrosini bajarish yuzasidan Xalq deputatlari Qiziriq tuman Kengashining 2020 yil 10 dekabr kunidagi №99/VI-22-sonli sessiya qaroriga asosan tumandagi jami 25313 gektar yer maydonlarini tuman hokimligi zaxirasiga olish hamda tumanda yangi tashkil etilgan “SURXON COTTON TEXTILE CLUSTER” MCHJ XKga doimiy egalik qilish hamda foydalanish huquqi bilan ajratib berish to‘g‘risida qarori qabul qilingan.
Bundan tashqari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.08.2021 yil kunidagi “Surxondaryo viloyatida zamonaviy agrosanoat klasterlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 534-sonli qaroriga asosan Qiziriq tuman hokimligi zaxirasida bo‘lgan 24.3 ming gektar yer maydonlari “SURXON COTTON TEXTILE CLUSTER” MCHJ XKga 25 yil muddatga ijaraga berish to‘g‘risida qarori qabul qilingan.
Xalq deputatlari Qiziriq tuman Kengashining 2022 yil 27 sentyabr kunidagi Tumanda bog‘dorchilik, uzumchilikka ixtisoslashgan va boshqa yo‘nalishdagi xo‘jaliklarning bog‘ va tokzorga oid qismi bo‘yicha faoliyatini tiklagan holda faoliyat yuritishi yo‘lga qo‘yilayotgan qishloq xo‘jalik korxonalari ro‘yxatini № VI-54-152-8-113-K/22 -sonli sessiya qarorining 1-ilovasida taqiqlangan.
Shuningdek, Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Qiziriq tuman filiali tomonidan Qiziriq tumanidagi mavjud 59 ta fermer xo‘jalik, qishloq xo‘jaligi korxonalarining yer maydonlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib faoliyat yuritilganligini maʼlum qilamiz.


