RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

t.me/surxonkadastr

«Telegram» ijtimoiy tarmog‘ining Negativ kanali orqali "Boysun tumani “Sho‘rsoy” maxallasida yashovchi fuqaro Qobilova Zarningor Qobil qizi tomonidan xujjatlarida yer maydoni 0.2818 gektar bo‘lsada fuqaro tomonidan 0.32 ga yer maydonidan foydalanib kelayotganli” sarlavhasi ostidagi murojaat yuzasidan mutaxassislar tomonidan o’rganib chiqib, quyidagilar aniqlandi.

O’rganish jarayonida, Boysun tumani “Sho’rsoy” mahallasi hududidagi 2009 yildagi “Shahar va shahar atrofida joylashgan qabristonlar”ni tuman “Obodonlashtirish” korxonasi balansiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaroriga asosan “Yangi Shursoy” qabristoniga (yer maydoni ajratish qarori bo‘lmagan) 102000 kv.metr (10,20 gektar) yer maydoni qilib Boysun tuman “Yer tuzish va ko‘mas mulk” kadastri filiali tomonidan kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Biroq qabriston uchun ko‘rsatilgan 102000 kv.metr (10,20 gektar) yer maydonidan ortiqcha 2,0 gektar, jami 12,2 gektar yer maydoni kosmik “Google Earth Pro” dasturidan o‘lchab ko‘rsatib berilganligi aniqlandi.

Ijtimoiy tarmoqda ko‘rsatilgan yer maydonini joyiga chiqiqqan holda o‘rganilganda, fuqaro Qobilova Zarningor Qobil qiziga Boysun tumani hokimining 2019 yildagi qarorining 2-bandida asosan umumiy yer maydoni 0.28 gektar, shundan 0.06 gektar yer maydoniga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish xuquqi, qolgan ortiqcha 0.22 ga yer maydoni foydalanishda ekanligi ko‘rsatib o‘tilgan.

Shuningdek, tuman hokimining qarori bilan ajratlgan yer maydoning 0.06 gektar yer maydonida qurilgan 118.40 kv.metrga Davlat kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyat boshqarmasi Boysun tuman filiali tomonidan 2019-yilda kadastr hujjatlari rasmiylashtirilib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan..

Fuqaro Z.Qobilova tomonidan Sho‘rsoy mahallasi hududida joylashgan “Yangi Shursoy” qabirstonning yer maydonidan o‘zboshimchalik bilan egallab oliganligi holati aniqlanmadi.

t.me/surxonkadastr




Report Page