RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Marhamatpress
Ijtimoiy tarmoqlarda «Diplom kutayotgan yoshlar qachon diplomlarini olishadi» sarlavhasi ostida e’lon qilingan murojaat yuzasidan Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi:

«Marhamat_bugun» telegram kanalida «Diplom kutayotgan yoshlar qachon diplomlarini olishadi» sarlavhali murojaat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi.

Joriy oʻquv yilida Marhamat tumani 2-son kasb-hunar maktabini 276 nafar oʻquvchi bitirdi. 

Davlat imtihonlari va bitiruv malakaviy ishlar himoyasi yakunidan soʻng, davlat namunasidagi diplomni berish uchun oʻquvchilar maʼlumotlari prof-talim.edu.uz platformasiga kiritiladi, diplom va ilovasi maxsus «termoprinter»da chiqariladi. 

Ayrim oʻquvchilar fuqarolik pasportlarini ID-kartalarga almashtirganligi va kasb-hunar maktabiga hujjat nusxalarini oʻz vaqtida taqdim etmaganligi sababli maʼlumotlarni platformaga kiritishda ham kechikishlar yuz berdi.

Kechikib kiritilgan bitiruvchilarning maʼlumotlari shu kundayoq platformaga joylanib, ularga tegishli diplomlar platforma orqali shakllantirildi. 

Andijon viloyati kasbiy taʼlimni rivojlantirish va muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan barcha kasb-hunar maktablari, xususan, Marhamat tumani 2-son kasb-hunar maktabining 276 nafar bitiruvchisi uchun diplom va diplom ilovalari markazlashgan holda maxsus printerlarda chop etilib, 2022-yil 12-iyul kuni Marhamat tumani 2-son kasb-hunar maktabiga yetkazilgan. 

Joriy yilning 14-iyul kuni mazkur kasb-hunar maktabining barcha bitiruvchilariga belgilangan tartibda diplomlarni asl nusxalari toʻliq tarqatilganligini ma'lum qilamiz.

Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati.

Report Page