RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT


Telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “komporuz” kanalida Farg‘ona viloyati Quvasoy shahri “Namuna” MFYda yashovchi fuqarodan kelib tushgan sun’iy notekisliklar haqida e’lon qilingan murojaat yuzasidan Farg‘ona viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi:
Mazkur tanqidiy murojaat yuzasidan belgilangan tartibda o‘rganish ishlari olib borildi. Ma’lumki, Avtomobil yo‘llari ilmiy-tadqiqot instituti” unitar korxonasi tomonidan “Sun’iy notekisliklar. Umumiy texnik talablar. Qo‘llash tartibi” nomli O‘zbekiston davlat standarti ishlab chiqilgan. Hujjat O‘zbekiston Standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining 2019-yil 1 iyuldagi №05-1046-son qarori bilan tasdiqlangan. 
Yuqoridagi tartibga asosan sun’iy notekislikni xalqaro ahamiyatga ega yo‘llarda, harakatlanish polosalari 4 va undan ko‘p bo‘lgan Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llarda, jamoat transporti to‘xtash joylarida yoki ularga qo‘shni polosalarda va harakatlanish qismi kengaytirilgan joylarda, ko‘priklarda, yo‘l o‘tkazgichlarda, estakadalarda, transport tonnellarida va ko‘priklar tagidan o‘tish joylarida, temir yo‘lni kesib o‘tish joylaridan 100 m.dan kam masofa bo‘lgan joylarda, shaharlardagi tez harakatlaniladigan magistral yo‘llarda va uzluksiz harakatlaniladigan umumshahar ahamiyatidagi magistral ko‘chalarda, kasalxonalarga, tez yordam stansiyalariga, o‘t o‘chirish stansiyalariga, avtobus va trolleybus parklariga, avariya xizmatlari turadigan maydonchalarga va maxsus transport vositalari to‘planadigan ob’ektlarga kirish joylarida o‘rnatish mumkin emasligi belgilangan.

Qashqadaryo viloyati hududidan o‘tgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida ham shu vaqtgacha jami 26 ta sun’iy notekisliklar o‘rnatilagan edi. Shundan, 2 tasi davlat ahamiyatidagi, 24 tasi mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida mavjud edi. Ayni kunga kelib umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llarida birorta ham sun’iy notekisliklar mavjud emasligini ma’lum qilamiz.

       Qarorga ko‘ra, sun’iy notekisliklarni qo‘llash qoidalari belgilangan bo‘lib, sun’iy notekisliklarni asfalt-beton va sement-beton qoplamalarga ega yo‘llarda hamda quyidagi joylarda o‘rnatish mumkinligi ko‘rsatilgan:

- bolalar va yoshlar ta’lim-tarbiya muassasalari yonida tartibga solinmagan yer usti piyodalar yo‘lakchalaridan 10-15 metr oldinroq;

- avariyaviylik sabablari tahliliga ko‘ra yo‘llarning ma’lum qismlarida, ayniqsa, bolalar va yoshlar ta’lim-tarbiya muassasalari oldidagi xavfli hududlar boshida, bolalar maydonchasi, jamoat dam olish joylarida, stadionlar, vokzallar, do‘kon va piyodalar jamlanadigan boshqa ob’ektlar oldida;

- 3.24 “Yuqori tezlik cheklangan”, 5.38 “Turar joy dahasi” yo‘l belgilari tomonidan o‘rnatilgan 40 kilometr/sekundgacha tezlik cheklovi joriy qilingan yo‘llarning xavfli joylari oldida;

- kesib o‘tiladigan yo‘l bo‘yicha yaqinlashayotgan, transport vositalar ko‘rinuvchanligi ta’minlanmagan tartibga solinmagan chorrahalar oldida, 2.5 “To‘xtamasdan harakatlanish taqiqlangan” belgisidan 30 metrdan 50 metrgacha masofada;

- 1.21 “Bolalar” belgisining amal qilish hududi bo‘ylab har 50 metr masofada.

    Shuningdek sun’iy notekisliklar o‘rnatish mumkin bo‘lmagan yo‘l hududlari belgilangan bo‘lib, ro‘yxat quyidagilardan iborat: xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘llar, yo‘laklar soni 4 va undan ortiq bo‘lgan Respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan yo‘llar (aholi soni 1000 kishidan ortiq bo‘lgan qishloq va shaharlar bo‘ylab o‘tgan yo‘llardan tashqari); jamoat transporti to‘xtash maydonchalari yoki ularga qo‘shni harakat yo‘laklarida; ko‘priklar, ko‘prik yo‘llar, osma ko‘priklar, tunnellar va ko‘prik osti yo‘llarida; shaharlardagi tezlikda harakatlanish magistral' yo‘llarida va umumshahar ahamiyatiga ega to‘xtovsiz harakat magistral' ko‘chalarida; shifoxonalarga, tez tibbiy yordam bekatlariga, yong‘in xavfsizligi bekatlariga, avtobus va trolleybus xiyobonlariga, garaj va turargoh maydonchalariga kirish yo‘llarida.

    Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan tartib-qoidalardan kelib chiqib, Xalq deputatlari Quvasoy shahar Kengashining 2024-yil 30-aprel kungi “Quvasoy shahrida 2024-yilning 1-chorak yakuni bo‘yicha jinoyatchilikni oldini olish va unga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida”gi VI-66-35-11-167-K/24-sonli qarorining 7-bandida shahardagi “Namuna” MFY da joylashgan “Academy Cids” nomli ONMTT hududidagi katta yo‘lga piyodlar o‘tish yo‘lagi chizish hamda “1.20 – Piyodalar o‘tish joyi” ogohlantiruvchi yo‘l belgisi, shuningdek sun'iy notekislik o‘rnatgan holda “1.31 – Sun'iy notekislik” ogohlantiruvchi yo‘l belgilarini o‘rnatish beglilangan.

   Ijtimoiy tarmoqlardagi xabarda ko‘rsatib o‘tilgan sun’iy notekisliklar Quvasoy shahar 20-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi, “Namuna” MFY da joylashgan “Academy Cids” nomli oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti, Quvasoy Pedagogika kolleji va 19-umumiy o‘rta ta’lim maktablari yonida bo‘lib, jami 4 ta sun'iy notekislik o‘rnatilgan.

  Mazkur sun’iy notekisliklarning barchasi ta’lim muassasalari oldida bo‘lib, bolalarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida o‘rnatilganini ma’lum qilamiz.

Farg‘ona viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi.

Report Page