RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

https://t.me/surxonkadastr
https://t.me/surxonkadastr

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tuman “Jiyanbobo” mahallasida yashovchi fuqaro О.Ibragimov ijtimoiy tarmog`i orqali qilgan murojaati Surxondaryo viloyati Yer resurslari va davlat kadastr boshqarmasi mutaxassislari tomonidan o`rganib chiqildi. 

O`‘rganish jarayonida, Oltinsoy tuman jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarini yalpi xatlovdan o‘tkazish yuzasidan tuzilgan ishchi guruhining 2017 yil №41-sonli yig‘ilish qarori bilan B.Fozilov xonadoniga tegishli bo‘lgan 0.08 gektar yer maydoni meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi eʼtirof etish va kuchmas mulk turar joy sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va mulk (egalik) huquqi berish to‘g‘risida ishchi guruhi tomonidan maʼqullangan. Oltinsoy tuman hokimligining 2017 yil 254-sonli qarori bilan tuman hokimligining ishchi guruhining 2017 yil jismoniy va yuridik shaxslarning tegish bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlarining yalpi xatlovdan o‘tkazish yuzasidan tuzilgan №41-sonli yig‘ilish bayonnomasi tasdiqlangan va B.Fozilovning foydalanishdagi 0,08 gektar yer uchastkasi meros qilib qoldirilgan .Shu asosda B.Fozilovning nomiga 0,08 gektar yer maydoni va undagi bino inshootlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Tuman hokimining mazkur qarorga nisbatan prokuror tomonidan keltirilgan protestga asosan xokimning 2018 yil Q-1043-sonli qarori bilan 2017 yil 254-sonli qarori bekor qilingan.

Surxondaryo viloyat maʼmuriy sudining apellyatsiya instansiya sudlov hayʼatining 
№3-1910-1801/811-sonli hal qiluv qarori bilan B.Fozilovning 2018 yil 10 maydagi
Q-1043-sonli qarorini xaqiqiy emas deb topish to‘g‘risidagi talabi qanoatlantirilgan.

Oltinsoy tuman xokimning 2014 yil 568-sonli qarori bilan “Jiyanbobo” MFYga berilgan bino inshootlarning yer maydoni to‘g‘risida hujjatlar mavjud emas.

O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 31-moddasiga kura yuridik va jismoniy shaxslarning yer uchastkasiga bo‘lgan huquqi joyning o‘zida chegaralari belgilangandan, yer uchastkalarining planlari (chizmalari) va tavsiflari tuzilib, yer uchastkalariga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin vujudga keladi.

 Fuqaro O.Ibragimovga murojaatida keltirgan nizoli yer maydoni va binosi tegishliligini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud emasligi, asossiz ravishda daʼvo qilib kelayotganligi aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 89-moddasi talablariga ko‘ra yerga oid nizolar sud tartibida xal etilishi qayd etilganligi sababli Sudga murojaat qilishligi tushuntirilganligini maʼlum qilamiz.

Surxondaryo viloyati Yer resurslari va davlat kadastr boshqarmasi, Surxondaryo viloyati Yer tuzish va ko‘chmas mulk kadastri davlat korxonasi Axborot xizmati.

Report Page