RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Marhamatpress
Ijtimoiy tarmoqlarda muhokama bo'layotgan «Andijonda hokim yordamchisi o'zini osdi» sarlavhasi ostida e'lon qilingan maqolalar yuzasidan Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati quyidagilarni ma'lum qiladi:

Mirzaraximov Farxod Аzimovich Polvontosh mahalla fuqarolar yigʼinida 2022-yil 11-yanvardan boshlab, hokim yordamchisi lavozimida ishlagan. 

F.Mirzaraximovning dadasi A.Mirzaraximov 2021-yilda ogʼir xastalikka chalinganligi, soʼngra, onasi R.Mirzaraximova ogʼir xastalik bilan kasallanib, vafot etgandan soʼng, F.Mirzaraximov ishga sovuqqonlik bilan qaragan.

Oilasida yuzaga kelgan kelishmovchiliklar sababli spirtli ichimliklarga ruju qoʼygan. 2022-yil mart oyi davomida bir necha bor ogohlantirilishiga qaramasdan, ichkilik ichishni davom ettirgan. 2022-yil 1-aprel kuni oʼz ixtiyori bilan ishdan boʼshash to’g’risida ariza bergan.

Ijtimoiy tarmoqlarda yozilayotgan ushbu holat lavozimidan bo’shaganidan so’ng bo‘lganligini ma’lum qilamiz.

Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati.

Report Page