RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Прес

Ijtimoiy tarmoqlarda nomaʼlum shaxs tomonidan mushuk va yelik bugʻusi nobud qilinganligi aks etgan suratlarga oid holat boʻyicha quyidagilar maʼlum qilinadi.

Tabiat resurslari vazirligi Fargʻona viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan oʻrganish davomida ushbu holatga aloqador boʻlgan shaxs Fargʻona tumanining “Margʻilon” mahallasida yashovchi fuqaro I.Sh. ekanligi maʼlum boʻldi.

Oʻrganish jarayonida fuqaro I.Sh. 2011-2021-yillarda Janubiy Koreyada ishlagan.U ijtimoiy tarmoqlarga oʻzi tomonidan eʼlon qilingan suratlardagi holat oʻsha davrda roʻy berganligini taʼkidlagan.

Shuningdek, uning aytishicha ikki yil avval Koreyadan qaytgach, oʻz xonadonida inkubator yordamida tovuq joʻjalarini koʻpaytirish bilan shugʻullangan. Shundan keyin joʻjalarni yeb ketayotgan yovvoyi mushukni pnevmatik ov quroli bilan otib nobud qilgan. Har ikkala holatga oid suratlar fuqaro I.Sh.ning telegram profilidan nomaʼlum shaxs tomonidan olinib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatilgan.

Hozirgi kunda tuman IIB tomonidan fuqaro I.Sh.ga tegishli boʻlgan ov quroli belgilangan tartibda olib qoʻyilgan.


Holat yuzasidan toʻplangan hujjatlar belgilangan tartibda huquqiy baho berish uchun huquq tartibot organlariga taqdim etilishi maʼlum qilinadi.


Tabiat resurslari vazirligi Farg‘ona viloyat boshqarmasu matbuot xizmati

Report Page