RASMIY MUNOSABAT
Marhamatpress
Ijtimoiy tarmoqlar orqali «Obunachilarimizdan tahrirsiz» sarlavhasi ostida chiqarilgan murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:
Joriy yilning 25-aprel kuni soat tahminan 22:30 larda fuqaro J.T. o‘zining boshqaruvida bo'lgan Matiz rusumli 40*531** davlat belgili avtomashinani Marhamat tumani «To'lg'a» MFY o'ramidan o'tgan Marhamat-Quva avotomobil qatnov yo'lining Quva yo'nalishida harakatlanib borib boshqaruvni yo‘qotishi natijasida qatnov yo'li chetida harakatlanib ketayotgan fuqarolar A.J. va E.B.larni urib yuborib, yo'l transport hodisasi sodir etgan.
Mazkur holat yuzasidan Marhamat tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilayotganligini, tergov yakuni bo‘yicha aybdor shaxslarga jazo muqarrarligi ta'minlanishini hamda qo‘shimcha batafsil ma'lumot berilishini ma'lum qilamiz.
Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati.