RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

https://t.me/surxonkadastr
https://t.me/surxonkadastr

 Kun.uz rasmiy telegram kanali orqali “Davlat mulkini xususiy mulkka aylantirish sanati Denovda shunday holat kuzatilmoqda” 2017-yilda Denov tumani hokimi qarori bilan 4 gektarlik istirohat bog’i 6 kunlik MCHJga qonun hujjatlariga zid tarzda ijara huquqi bilan berib yuborilgan. MCHJga mas’ullari o‘tgan muddatda bog‘dan ijara shartnomasi tuzmagan holda tekinga foydalanib kelgan. Kadastrlar palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi esa uni doimiy foydalanish huquqi bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazib yuborganligi yuzasidan mutaxassislar tomonidan o’rganib chiqib, quyidagilar aniqlandi.

O’rganish jarayonida, Denov tumani, Sufi olloyor mahallasi, M.Baraka ko’chasi
3-manzilda joylashgan “Afrosiyob Milliy bog’lari” MCHJga tegishli bo’lgan yer uchastkasiga nisbatan Denov tuman hokimining 29.08.2017-yildagi 1102-sonli qaroriga asosan “Tumandagi “Afrosiyob milliy bog’lari” MCHJga Denov shahar, M.Baraka ko’chasi 3-manzilda joylashgan umumiy yer maydoni
40780.0 kv.metrdan iborat bo’lgan A.Navoiy nomli Madaniyat va Istirohat bog’ini zamonaviy loyiha asosida rekonstruksiya qilishga va
49 yil muddatga ijara asosida foydalanish
ga berilgan hamda 24.02.2021-yilda kadastr xujjatlari rasmiylashtirilib, davlat ro’yxatidan o’tkazilganda yer uchastkasiga nisbatan huquq turi doimiy foydalanish deb ketilgan ushbu holatda (hodim tomonidan texnik hatoliklarga yo’l qo’yilgan).  

Keyinchalik, “Afrosiyob Milliy bog’lari” MCHJ raxbari tomonidan qayta murojaat qilinib, yo’l qo’yilgan texnik hatoliklar sababli Davlat kadastrlari palatasining `Uzkad axborot tizimi orqali davlat ro’yxatidan o’tkazilishi bo’yicha tushuntirishlar berilgan.

Shunga ko’ra, Termiz tumanlararo ma’muriy sudining 06.03.2024-yildagi
5-1901-2407/139-sonli Xususiy ajrimiga asosan Davlat kadastrlari palatasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi davlat reyestrida asossiz qayd etilgan “Afrosiyob Milliy bog’lari” MCHJning 40780.0 kv.metr yer uchastkasiga bo’lgan daoimiy foydalanish huquqi haqidagi yozuvlarini huquqiy xujjatga muvofiqlashtirish majburiyati yuklatilgan.   

Shuningdek, Xususiy ajrim ijrosi yuzasidan Denov tumani, Soʻfiy Ollohyor MFY, 1-M.Baraka ko‘chasi, 3-uy manzilida joylashgan, umumiy yer maydoni 40870 kv.m.dan iborat bo‘lgan A.Navoiy nomli “Madaniyat va istirohat bog‘i” “AFROSIYOB MILLIY BOG'LARI” MCHJning nomiga 30.08.2017 yildagi 1-sonli Denov tumani hokimligi hamda mazkur korxona o‘rtasida tuzilgan Yer uchastkasi Ijara shartnomasiga asosan 01.04.2024-yilda R-DENT09910186-son bilan Ijara huquqi asosida qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazib berilganligi ma’lum qilinadi.

https://t.me/surxonkadastr



Report Page