RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT


Joriy yilning 15 aprel kuni Ijtimoiy tarmoqlarda “Andijon Bog'chasida yosh go'dak kaltaklandi” sarlavhasi ostida maqola e'lon qilindi.

Mazkur maqola yuzasidan, Andijon viloyati maktabgacha ta'lim boshqarma boshlig'ining buyrug'iga asosan tezkor ishchi guruhi tuzilib, Andijon shahridagi 46-sonli Ixtisoslashtirilgan DMTTda o'rganish ishlari olib borildi.

Ishchi guruh tomonidan holat atroflicha o'rganilib, holat yuzasidan logopedlar, guruh tarbiyachi, yordamchi tarbiyachilari va ota-onalarning ko'rsatmalari olindi va ular bilan tushuntirish ishlari olib borildi.

Jumladan, xabardagi logoped G. Pratovani taklif etib so'ralganda o'zining ko'rsatmasida “guruhdagi bolalarga nisbatan qo'pollik qilmaganini va ota-onalarga sog'-salomat topshirgan”ligini izohladi. 

Tarmoqda havola qilingan Anvarov Xursandbek o'zining farzandidek bo'lib qolganligini, bir yildan buyon aqliy va nutqiy rivojlanishi, qo'l-oyoq xarakatlari yaxshilanib borayotganligi haqida tushuntirib o'tdi. (Bolaning ota-onasi, yaqinlari ham shu fikrda).

Shundan so'ng, ishchi guruh tomonidan Anvarov Xursandbekning yashash manzili Marhamat tumaniga tashrif buyurib, bolaning holidan habar olindi va uning ota-onasi yaqinlari bilan suhbatlashildi.

O'rganish natijalariga ko'ra, Anvarov Xursandbekning ota-onasi va yaqinlari tomonidan boladagi ijobiy o'zgarishlar tufayli ularning tashkilot logopedi, tarbiyachilariga xech qanday e'tirozlari yo'qligi aksincha ulardan minnatdorligini o'z ko'rsatmalarida tasdiqlanganligi ma'lum bo'ldi. 

Shuningdek, tarmoqda havola qilingan holat ya'ni Anvarov Xursandbekning surati aks etgan chap yuzidagi yengil qizarishi yuzasidan so'ralganda, guruh tarbiyachilari L.Raxmatullayeva, N.Boqiyevalarning mas'uliyatsizligi ma'lum muddat bolalarni nazoratsiz qoldirganligi oqibatida guruhdagi bolalar o'zaro o'ynayotgan paytda bir-birlari bilan kelishmovchiligi natijasida kelib chiqqanligi sabab bo'lganligi aniqlandi.(Tushuntirish xatlari ko'rsatib o'tilgan).

Yuqoridagi salbiy xolatlar kelib chiqishiga yo'l qo'yganligi uchun tashkilot direktori O.Xo'djayevaga, logoped G.Pratovaga va guruh tarbiyachilari L.Raxmatullayeva hamda N.Boqiyevalarga nisbatan intizomiy chora sifatida ish haqidan 30 foiz jarima qo'llanildi.

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahar maktabgacha ta'lim bo'limi mudiri Sh.Hamdamovaga yuqoridagi holatlarni oldini olish va kelgusida takrorlanmasligi yuzasidan tegishli ko'rsatmalar hamda ogohlantirish berildi.





Report Page