RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT


Ijtimoiy tarmoqlarda "2 yoshli bola ayovsiz kaltaklandi" sarlavhasi ostida tarqalgan maqola yuzasidan Аndijon viloyati maktabgacha ta’lim boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi;

Andijonda bolaga qoʻpol munosabatda boʻlgan qoʻshtirnoq ichidagi xususiy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatiga chek qoʻyildi.

Shu kunlarda ijtimoiy tarmoqda Andijon viloyati Andijon shahridagi bogʻchada bolaga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlgan tarbiyachi videolavhasi tarqaldi.

Ushbu holatga Andijon viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasi e’tibor qaratdi va tegishli amaliy choralar koʻrdi.

Aniqlanishicha, ushbu xolat Andijon shahar Oʻzbekiston MFY, Oʻzbekiston tor koʻchasi 26-uyda yashovchi fuqaro M.N tomonidan noqonuniy tashkil qilingan xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida boʻlgan.

Oʻrganish jarayonida Oʻzbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi bilan fuqaro M. N oʻrtasida nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil qilish boʻyicha ikki tomonlama bitim tuzilmaganligi va viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasining roʻyxatida mavjud emasligi ma’lum boʻldi.

Andijon shahar maktabgacha ta’lim boʻlimi tomonidan ushbu hodisa boʻyicha tegishli tashkilotlatlarga qonunda belgilangan tartibda chora koʻrish uchun ma’lumotlar taqdim qilindi.

Report Page