RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT


O‘rta Chirchiq tumani va Nurafshon shahri hokimliklari muassisligidagi “Mash’al” ijtimoiy-siyosiy gazetasining 2025-yil 14-martdagi 9-sonida O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi Otabek Isroilovning “Hokim maslahatchisi, vakolatingizdan nega foydalanmaysiz?” sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.

Ushbu maqolada Nurafshon shahri va O‘rta Chirchiq tumani hokimlarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchilari faoliyati yuzasidan mulohazali fikrlari bayon etilgan. Shuningdek, ular tomonidan davlat idoralari faoliyatida davlat tilida ish yuritish, davlat tilining o‘rni va rolini oshirish yuzasidan birmuncha ishlar olib borilayotgani, ammo bular yetarli emasligi qayd etiladi.

Jumladan, maqolada shunday deyiladi:

“Nurafshon shahrining, demakki, Toshkent viloyati ma’muriy markazining qoq o‘rtasida – chorraha atrofida nechta ajnabiy nom borligini, O‘rta Chirchiq tumanining markaziy hududi hisoblangan “Qorasuv” hududidagi do‘konlarning nechtasida “market” (inglizchadan o‘zbek tiliga tarjima qilinganida “bozor”, “do‘kon”) so‘zi yozilganini hokim maslahatchilari biladilarmi?”

Maqolada ko‘tarilgan mavzu Nurafshon shahri hokimi maslahatchisi M. Shoismanova sohaga mas’ul va aloqador tashkilot va idora vakillari bilan muhokama qilindi. Nafaqat Nurafshon shahri markazida, balki shaharni boshqa hududlarida ham davlat tilini rivojlantirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi ustidan monitoring olib borish, ushbu sohada jamoatchilik nazoratining samarali shakllarini joriy etish hamda davlat tilining amal qilishi bilan bog‘liq muammolarni aniqlash va bartaraf etish yuzasidan vazifalar yana bir karra belgilab olindi.

Report Page