RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Jondor tuman hokimligi matbuot xizmati

Jondor tumanidagi Qovchin mahallasi Paxtaobod qishlog‘i, Humin mahallasi Umarxo‘ja qishlog‘i hamda Zarafshon mahallasi Do‘stlik ko‘chasida yashovchi bir guruh fuqarolar tomonidan ichki yo‘llari holati bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlar orqali qilingan murojaat yuzasidan Jondor tuman yul korxonasi quyidagilarni ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-330 qarorning 15-bandida 2024 yildan boshlab xo‘jaliklararo qishloq avtomobil yo‘llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko‘chalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta’mirlash uchun budjet mablag‘lari faqat “Mening yo‘lim” dasturi orqali ajratilish belgilangan.

“Mening yo‘lim” loyihasi nima?

Vazirlar Mahkamasininig 2022 yil 2 fevralda “Avtomobil yo‘llari sohasida ochiqlik standartlarini joriy etish va sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 49-sonli qarori qabul qilingan.

Mazkur qarorga asosan budjet mablag‘lari sarflanishida fuqarolar ishtirokini yanada oshirish va mamlakatdagi mavjud ichki yo‘llar sifatini yaxshilash maqsadida 2022 yildan boshlab tuman va shaharlar budjetlari parametrlarida hududiy ichki yo‘llarni ta’mirlash uchun ajratiladigan mablag‘larning 50 foizi “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida aniqlangan ichki yo‘llarni ta’mirlashga yo‘naltirilishi qat’iy belgilab qo‘yilgan. Bu tizim “Tashabbusli budjet” jarayonlaridan farqli o‘laroq bir yilda bir marotaba o‘tkaziladi.

Ushbu jarayonlar bevosita “Ochiq budjet” axborot portali orqali amalga oshiriladi, bunda, axborot portaliga ichki yo‘llarning joylashgan manzili (geopozitsiyasi), to‘liq nomlari, uzunligi, holati (asfaltlangan, ta’mirtalab) va boshqa ma’lumotlari to‘liq kiritiladi hamda fuqarolar ichki yo‘llar reestridan geoma’lumotlar asosida tegishli ichki yo‘lni tanlash orqali o‘z takliflarini qoldirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Jondor tuman hokimligi matbuot xizmati




Report Page