RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT


Elparvar youtube kanalida Koson tumanida yashovchi fuqaro Xolmatova Lolaning videomurojaati e'lon qilingan.

Murojaatda fuqaro Xolmatova o'ziga tegishli turar-joy yaqinidagi obyekt uning turar-joyiga o'tib-qaytishida yo'l qoldirilmaganidan shikoyat qilgan.

Koson tuman Yuksalish FOOBO To'lg'a qishlog'ida yashovchi fuqaro Xolmatova Lolaning ijtimoiy tarmoqda qilgan murojaati Davlat kadastrlari palatasi Koson tumani filiali arxivida mavjud hujjatlar asosida o'rganib chiqildi.

O'rganish natijalariga ko'ra,fuqaro murojaatida ko'rsatib o'tilgan Yuksalish FOOBO To'lg'a qishlog'ida joylashgan fuqaro A. Shermatov nomidagi noturar-joy obyekti Koson tuman Qurilish bo'limi tomonidan turar-joy toifasiga o'tkazilgan.

Koson tuman Qurilish bo'limi tomonidan 09.10.2021 yildagi 1710229-16489-sonli «Obyektni qayta ixtisoslashtirish va rekonstruksiya qilish haqidagi  ruxsatnoma»ga asosan fuqaro A. Shermatov tomonidan Davlat xizmatlari markazi orqali  qilgan murojaatiga asosan 876.0kv.metr yer uchastkasi va 20.0 kv.metr qurilish maydoniga 2021 yilda turar-joy obyektiga kadastr hujjati rasmiylashtirib berilgan va davlat ro'yxatidan o'tkazilgan.

Koson tumani xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notarius tomonidan fuqaro A. Shermatov nomidagi turar-joyning 876.0kv.metr yer uchastkasi fuqaro Xolmatova nomiga 24.12.2021 yilda uy-joy binosining oldi-sotdi shartnomasi orqali o'tkazib berilgan.

Fuqaro murojaatida ko'rsatib o'tgan yer uchastkasi fuqaro Shamanov A. ga Davlat xizmatlari markazi orqali  qilgan murojaatiga asosan, 890.0kv.metr yer uchastkasi va 31.5 kv.metr qurilish maydoniga 08.02.2020 yilda turar-joy obyektiga soliq va kommunal to'lovlarni to'lashi uchun  kadastr hujjati tayyorlab berilgan.

Fuqaro Xolmatova Lola nomidagi turar-joy obyekti va Shamanov A. ning nomidagi turar-joy obyektlari joylashgan o'rni bir biriga daxl qilmasligini ma`lum qilamiz.

Kadastr hujjatini tayyorlab berish jarayonida kadastr xodimlari tomonidan g'ayriqonuniy holatga yo'l qo'yilmagan.

Report Page