RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT


Oltiariq tumani Ko‘mirchi mahallasidagi murojaat avvalroq ijobiy hal etilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Farg‘ona viloyati Oltiariq tumani “Ko‘mirchi” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolaridan kelib tushgan murojaatga asosan, “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi.

Avvalroq Oltiariq tuman elektr ta’minoti korxonasiga Oltiariq tumani “Ko‘mirchi” mahallasidan kelib tushgan murojaatga asosan mutaxassislar murojaatchilar ishtirokida o‘z vaqtida, murojaat joyida o‘rganib chiqilgan.

Murojaatda keltirib o‘tilgan mazkur xududni 35/10 kVli "Bunyodkor" nimstansiyasi orqali 10 kVli "Chinortagi" uzatish tarmog‘i orqali ta’minlanuvchi 314-sonli transformator punkti oldidagi nosoz tayanch haqiqatda nosoz holga kelib tarmoqning o‘ng tomoniga og‘ganligi aniqlangan.

Oltiariq tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan 02.02.2022 yil kuni 140–naryad(ishga chiqish ruxsatnomasi)ga asosan mazkur nosoz tayanch soz holatga keltirilgan.

Bundan tashqari tarmoqning transformator punktiga ulanish nuqtalari to‘liq sozlanib, salqi simlar tarangligi ham to‘g‘rilanganligini ma’lum qilamiz.


“Farg‘ona HETK” AJ

matbuot xizmati

Report Page