RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Xorazm_Kadastr

Telegram ijtimoiy tarmog`ining “ACHIQ HAQIQAT” kanali orqali e’lon qilingan post yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasining RASMIY MUNOSABATI

Urganch tumanlararo Ma’muriy sudining 2023-yil 27-yanvardagi № 5-2201-2203/916-sonli ma’lumotnomasiga asosan Xorazm viloyati ma’muriy sudi apellyatsiya instansiyasining 2023-yil 19-yanvardagi qarori yuzasidan shikoyat (protest) keltirilmaganligi sababli, mazkur qaror va Urganch tumanlararo ma’muriy sudining 2022-yil 11-nayabrdagi hal qiluv qarori hozirda qonuniy kuchida ekanligi ma’lum qilingan.

Urganch tumanlararo ma’muriy sudining 2022-yil 11-nayabrdagi hal qiluv qarorida Arizachi Matchanov Nizomiddin Kamilovichning javobgar Davlat kadastrlar palatasining Xorazm viloyat boshqarmasi qoshidagi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha doimiy ravishda faoliyat yuritadigan komissiyasining 2022-yil 6-oktabr kunidagi 28-sonli yig‘ilish bayonini haqiqiy emas deb topish haqidagi arizasini qanoatlantirish rad etilgan.

Davlat kadastrlar palatasining Xorazm viloyat boshqarmasi qoshidagi fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish sohasidagi arizalari va shikoyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha doimiy ravishda faoliyat yuritadigan komissiyasining 2022-yil 6-oktabr kunidagi 28-sonli yig‘ilish bayonida Xorazm viloyat Ma’muriy sudi instansiyasi sudining 29.08.2022-yil № 3-200-22 apellatsiya ishi yuzasidan qabul qilingan qarori ijro uchun qabul qilingan hamda Davlat kadastrlar palatasining Xorazm viloyat boshqarmasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchisining Mehnatkashlar deputatlari Bog‘ot soveti ijroiya komitetining 1955-yil 19-maydagi 11-sonli protokoliga asosan fuqaro Niyozmetov Egamberdi nomiga turar-joy qurish uchun ajratib berilgan yer maydoniga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etish haqidagi qarori bekor qilishi va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi bo‘yicha qaror qabul qilingan.

Davlat xizmatlari markazi orqali 10.10.2022-yilda Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasiga kelib tushgan 61939709-sonli buyurtma asosida Mehnatkashlar deputatlari Bog‘ot rayon soveti ijroiya komitetining 19.05.1955-yildagi 11-sonli bayoni va Xorazm viloyat ma`muriy sudi Apellyatsiya instantsiya sudining 29.08.2022-yildagi qarorlariga asosan marhum Niyazmetov Egamberdi nomiga 400 kv.m. yer uchastkasiga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan va amalda o‘z kuchida ekanligini ma’lum qilamiz.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro Matchanov Nizomiddin tomonidan yo‘llangan murojaatlarga bir necha marotaba rasmiy javob xatlari yo‘llanganligini bildiramiz.

Shu o‘rinda, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-fevraldagi 66-son qarori Kadastr agentligi to‘g‘risidagi hamda Davlat kadastrlari palatasi to‘g‘risidagi nizomlari tasdiqlanganligini va ushbu qonunchilik hujjatlari doirasida faoliyat olib borishini, shu bilan birgalikda Davlat kadastrlari palatasi tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar davlat xizmatlari markazi va/yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qilinishini ma’lum qilamiz.

Fuqaro Matchanov Nizomiddin Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘zining sahifasida Kadastr agentligi xodimlarini asossiz ravishda savodsiz deb davlat xizmatchilarini obro‘sizlantirish hamda manfaatdorlik bor degan jumlalari bilan asossiz tuhmat qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 139-moddasi ikkinchi qismiga asosan Nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan tarzda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida joylashtirish orqali tuhmat qilish bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatdan uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikni cheklash bilan jazolanishi belgilangan.


Report Page