RASMIY MUNOSABAT

Turon 24/7 telegram kanalida "Oromgoh hududidagi yerni auksionda sotishibdi" mazmunida post qoldirilgan.
Yakkabogʻ tumani Shar-sharbogʻot MFY Kattamaydon koʻchasi 33-uyda joylashgan Qarshi Davlat Universiteti qoshidagi “Rohat” sport sogʻlomlashtirish oromgohi boʻyicha berilgan ma'lumot va fikrlar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qilamiz.
Qarshi Davlat Universiteti rektori D.Nabiyev Davlat kadastrlari palatasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi Yakkabogʻ tuman filialiga №02/2942-son bilan 2021 yil 7— sentyabrda Qarshi Davlat Universiteti qoshidagi “Rohat” sport-sogʻlamlashtirish oromgohi hududini Yakkabog' tuman hokimining 2015 yil 23 iyuldagi X-997/07 sonli qarori bilan berilgan “Shar-sharbogʻot” mahalla fuqarolar yigʻini hududidagi tuman zaxira yer fondidan Qarshi Davlat Universiteti qoshidagi “Rohat” sport sogʻlomlashtirish oromgohi egallab turgan oʻrnini jami 5.60 gektar yer maydonini doimiy foydalanishga ajratish toʻgʻrisidagi qarori hamda Yakkabog' tuman hokimining 2015-yil 05 avgustdagi X-1045/08 sonli qarori bilan berilgan Yakkabogʻ tuman “Shar-sharbogʻot” mahalla fuqarolar yigʻini hududida joylashgan Qarshi Davlat Universiteti qoshidagi “Rohat” sport-sogʻlomlashtirish oromgohining bino va inshootlariga mulkka egalik huquqini berish toʻgʻrisida qarorlari asosida kadastr yigʻma jildini shakllantirib berishini soʻrab murojaat qilgan.
2021-yil 22 oktyabrda Yagona Interaktiv Davlat Xizmatlari Markazi portali orqali Yer uchastkasining kadastr pasportini shakllantirish boʻyicha murojaat kelib tushgan, murojaatda biriktirilgan (telefon raqami +998712392448) masʼul xodim bilan Yakkabogʻ tuman filiali muhandisi joyiga borib oʻrnatilgan tartibda oʻlchov ishlarini amalga oshirilgan va 5.60 gektar yer maydoniga kadastr pasporti tayyorlab berilgan.
11 noyabr sanasida Yagona Interaktiv Davlat Xizmatlari Markazi portali orqali koʻchmas mulk obyektining kadastr pasportini shakllantirish boʻyicha elektron murojaat kelib tushgan va murojaatga asosan bino va inshootlarning umumiy qurilish maydoni 870.66 m2 ga, Koʻchmas mulk obyektining kadastr pasporti tayyorlab berilgan.
Qarshi Davlat Universiteti qoshidagi “Rohat” sport-sogʻlomlashtirish oromgohiga qaror boʻyicha 5.60 gektardan ortiqcha boʻlgan yer uchastkasini “HYDROLIFE BOTTLERS” MCHJ rahbarining Qashqadaryo viloyat hokimi nomiga qilingan arizasi hamda Qashqadaryo viloyat prokuraturasi tomonidan tashkil etilgan sayyor qabulda boʻlib, ishlab chiqarish bazasini kengaytirish maqsadida ushbu ortiqcha yer maydonini auksion savdolariga chiqarilishida amaliy yordam soʻrab qilgan murojaatlariga ko'ra, Oromgohning ortiqcha 0.5950 gektar boʻlgan boʻsh yer maydoni 2021-yil 20 noyabrda e-kadastr.uz ochiq elektron xaritasiga yuklash uchun taklifi berilgan va berilgan taklif “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali vakolatli organlarga yuborilgan. Vakolatli organlar tomonidan ijobiy xulosalar toʻplanganidan so'ngina tizim orqali 2021 yilning 7—dekabrida elektron-auksion savdosiga chiqarilgan.
Mazkur yer uchastkasini auksion savdolariga quyilishida Yakkabog' tuman kadastr filiali mas'ullari tomonidan g'ayriqonuniy holatga yo'l qo'yilmagan.
Elektron-onlayn auksion savdosiga chiqarilgan mazkur boʻsh yer uchastkasiga 2022-yil 07 yanvarda auksion natijalari toʻgʻrisidagi bayonnomaga ko'ra, “HYDROLIFE BOTTLERS” MCHJ auksion gʻolibi deb topilgan.