RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Marhamatpress

Marhamat tuman hokimligi Matbuot xizmati Kun.uz va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilingan «Navbatdagi «Аndijoncha tajriba»: Marhamatda oʼqituvchilar ota-onalar qarshisida uzr soʼrashdi» hamda shu kabi sarlavhalar ostida chiqqan maqolalar yuzasidan quyidagilarni maʼlum qiladi:

Tadbirni o`tkazishdan maqsad 2021-2022 o`quv yilida 11-sinf bitiruvchilarini oliy ta`lim muassasalariga kirish ko`rsatkichlarini yanada oshirish, kasb-hunar egallashlari hamda chet tillarini mukammal o`rganishlari yuzasidan maktab direktori boshchiligida maktab o`qituvchilari hamda ota-onalar ishtirokida “Maktab direktorining ota-onalarga murojaatlari” tashkil etilgan.

Afsuski, o`tkazilgan ushbu tadbir ijtimoiy tarmoqlarda boshqacha holatda talqin qilinmoqda.

Murojaatda maktab direktori tomonidan tahliliy ma`lumotlar asosida ta`lim sifatini oshirish bo`yicha amalga oshirilishi lozim bo`lgan vazifalar bilan bir qatorda o`quvchilarni tarbiyasi bilan bevosita ota-onalar mas`ul ekanliklari, ta`limni o`qituvchi, tarbiyani ota-ona berishi kerakligi aytib o`tilgan.

Shuningdek, ota-onalarni farzandlarimizning buyuk kelajagi uchun oʼqituvchilar bilan birgalikda harakat qilishga chaqirilgan.

Murojaatni barcha ota-onalar qoʼllab-quvvatlab, farzandlarini yaxshi ta`lim olishlari ota-onalar tarafidan berilayotgan tarbiyaga bog`liq ekanligi ta`kidlab, o`zlarining fikr va mulohazalarini bildirgan. Shundan so`ng, maktab jamoasi va ota-onalar farzandlarining kelajagi yoʼlida hamkorlikda harakat qilishga kelishib olishgan.

Shu bilan birga 2021-2022 o`quv yilining 11-sinf bitiruvchilarini oliy ta`lim muassasalariga qabul imtihonlarigacha bo`lgan muddat ichida ular bilan alohida shug`ullanish bo`yicha ham kelishib olishgan.

Chunki, yaxshi tarbiya ko`rganlar hech qachon yomon ta`lim olmaydilar.

Maktab direktori va o`qituvchilar, ota-onalar ishtirokida o`tkazilgan murojaat kimningdir ruhiyatini sindirish maqsadida emas, o`qituvchilar hamda ota-onalar o`rtasida hamkorlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan.

Marhamat tumani hokimligi Matbuot xizmati.

Report Page