RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT


Ijtimoiy tarmoqlarda “Chor Bakr” majmuidagi yer auksion savdoga qo‘yilganligi to‘g‘risida e’lon qilingan ma’lumotlar yuzasidan Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Madaniy meros inspeksiyasi hamda Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligining 2022 yil 17-yanvardagi Buxoro viloyatida Xizmat tekshiruvi o‘tkazishi natijasida Buxoro tumani Shergiron MFY hududida joylashgan davlat muhofazasiga olingan “Chor Bakr” (majmuasi) madaniy meros obyektining muhofaza tegralarida yer uchastkalari ijaraga va mulk huquqi asosida noqonuniy elektron onlayn-auksionga qo‘yilganligi aniqlandi.

Buxoro viloyati Madaniy meros boshqarmasi tomonidan 2022-yil 7-yanvar kuni (03-m/21-sonli) Kadastr agentligining Davlat kadastrlar palatasi Buxoro viloyati boshqarmasiga yo‘llangan murojaat xatiga ko‘ra “Chor Bakr” majmuasi qo‘riqlanadigan tegrasidan 0.018 ga 6 ta jami (0.10,8 ga) bo‘sh turgan yer uchastkasini “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimidan chiqarib tashlash choralarini ko‘rishni bildirgan.

Davlat kadastrlar palatasi Buxoro viloyati boshqarmasi tomonidan Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasiga 2022-yil 12-yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-dekabrdagi 1023-sonli qarorning 63-bandiga asosan madaniy meros obyektining qo‘riqlanadigan tegralari hududidan tanlangan yer uchastkalari Kadastr agentligining Davlat kadastrlar palatasiga yuborilganligi maʼlum qilingan.

Shuningdek, Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi 2022-yil 10-yanvar kuni (03-m/25-sonli) Buxoro tumani xokimiga, “YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimiga qo‘yilgan 6 ta yer uchastkalarini auksiondan chiqarishda hamda “Chor Bakr” majmuasining muhofaza tegralarida tarixiy-madaniy muhiti, tabiiy landshafti va o‘ziga xosligini saqlab qolish maqsadida uning muhofaza tegralarida barcha turdagi yangidan amalga oshiriladigan qurilish-taʼmirlash ishlarini belgilangan tartibda Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi bilan kelishilgan holda olib borilishi yuzasidan murojaat yo‘llagan.

Buxoro viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan 2021-yil 6-yanvar kuni Buxoro tumani Nerigon mahalla fuqarolar yig‘ini raisini 1972-yilda imzolangan Umumjahon madaniy va tabiiy merosni muhofaza qilish to‘g‘risidagi Konvensiya hamda Umumjahon merosi qo‘mitasining tegishli qarorlarining talablariga ko‘ra, nomzodnoma obyektlar ro‘yxatiga kiritilgan yodgorliklar ham YUNESKOning Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan obyektlar singari muhofazaga olinishi shartligi belgilab qo‘yilganligini hamda “Chor Bakr” majmuasi va uning muhofaza hududida hamda madaniy meros obyektlari va ularning tegralarida tegishli ruxsatnomalarni olmasdan yer qazish, yer tuzish, bino va inshootlarni qurish yoki ularni buzish ishlarini amalga oshirilgan taqdirda amaldagi qonun talablariga binoan javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan.

Ushbu majmua YUNESKO Umumjahon merosi obyektlari ro‘yxatiga kiritish mutaxassislar ishtirokida, ilg‘or va yuqori texnologik uskunalardan foydalangan xolda nomzodlik hujjatlari tayyorlanib, belgilangan tartibda YUNESKO Umumjahon merosi markaziga taqdim etilgan.

Holat yuzasidan Vazirlar Mahkamasi Madaniy meros inspeksiyasi hamda Madaniy meros agentligi tomonidan XVI-XX asrlarga mansub bo‘lgan ushbu tarixiy yodgorlikning muhofaza qilinadigan tegralar hududidan ijaraga va mulk huquqi asosida 6 ta har biri 0,018 ga dan iborat yer uchastkalari berilishi amaldagi qonun hujjatlari talablariga zid ravishda elektron onlayn-auksion orqali sotuvga qo‘yilganligini inobatga olinib, holatga huquqiy baho berish maqsadida hujjatlar huquq-tartibot organi idoralariga yuborilgan.

O‘rganish natijalari to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Madaniy meros agentligi axborot xizmati

Report Page