RASMIY MUNOSABAT!

RASMIY MUNOSABAT!


Ijtimoiy tarmoqlari Farg‘ona viloyati, So‘x tumani "Chumoqcha" mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan 8-sonli umumiy o‘rta maktab sport maydonchasidan yuqori kuchlanishli elektr simi o‘tkazilganligi to‘g‘risida yo‘llangan murojaatga asosan, “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi.

Farg‘ona viloyati, So'x tumani "Chumoqcha" mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan 8-sonli umumiy o‘rta maktab yangi qurib foydalanishga topshirilgan bo‘lib, mazkur maktab hududidan avvaldan mavjud bo‘lgan 10 kVli elektr uzatish tarmoqlari o‘tgan.

Bu esa maktabning sport maydonchasi hududiga to‘g‘ri kelib koladi. Tegishli qarorga asosan, elektr tarmoqlari hamda elektr qurilmalarni mavjud joyidan boshqa joyga ko‘chirish ishlari iste’molchilar hisobidan amalga oshirilishi belgilab qo‘yilgan bo‘lib, qurilish ishlarini bajargan firma rahbariyatiga bir necha bor ogoxlantirishlarga qaramay, mazkur hududdan tarmoq xavfsiz hududga ko‘chirish ishlari bajarilmagan.

Sux tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan mazkur elektr uzatish tarmog‘ini xavfsiz hududga ko‘chirish bo‘yicha tegishli tartibda dastur asosida rejalashtirilgan.

Tez orada mazkur tarmoq xavfsiz hududga ko‘chirilib, qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Shu o‘rinda, quruvchi tashkilot va iste’molchilardan elektr uzatish tarmoqlari hamda elektr qurilmalarni muhofaza hududlari talablariga rioya qilishlarini hamda berilgan texnik shart talablarini o‘z vaqtida bajarishlarini so‘rab qorab qolamiz.

«Farg‘ona HETK» AJ

matbuot xizmati.



Report Page