RАSMIY MUNOSАBАT

RАSMIY MUNOSАBАT

        

“Feysbuk” ijtimoiy tarmog‘ining “Maslahat.uz” kanalida Ziyo Аstanaqulovning havolasida Baxmal tumanidagi 6-umumiy o‘rta taʼlim maktabi o‘qituvchilariga ustama to‘lanmasligi to‘g‘risida xabar berilgan.

Ushbu xabar yuzasidan tezkor xizmat tekshiruvi o‘tkazildi va haqiqatdan ham maktab direktori va uning ustama berish bo‘yicha masʼul xodimi xodimlarga ustama berishda sustkashlikka yo‘l qo‘yganligi oqibatida o‘qituvchilarning noroziligi yuzaga kelgan.

Holat yuzasidan Baxmal tumani 6-maktab rahbariyatiga Mehnat qonunchiligiga asosan intizomiy chora berildi va o‘qituvchilarga ustamalar to‘lash choralari ko‘rildi.

Maktab rahbariyatiga bundan buyon bu kabi holatlar oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Jizzax viloyat xalq ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati.




Report Page