RASMIY MUNOSABAT

Fargʼona|kun.uz telegram kanali orqali Qo’qon shahri “Degrezlik” mahalla fuqarolar yig’ini “Chirchiq” ko'chasida yashovchi fuqarolar tomonidan hududda elektr ta'minotidagi uzilishlar yuzasidan yo‘llangan murojaatga asosan, "Fargʼona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" АJ quyidagilarni ma’lum qiladi.
Qo’qon shahri “Degrezlik” mahalla fuqarolar yig’ini “Chirchiq” ko'chasi, 110/35/6 kVli “Furqat” nimstansiyasidan chiquvchi 6 kVli “Xaydarov” elektr uzatish tarmog’i orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.
Ayni vaqtda nafaqat viloyatimizning Qo’qon shahri balki, barcha hududlarida olib borilayotgan elektr tarmoqlarini yangilash va modernizatsiya qilish, elektr tarmoqlarini joriy va mukammal ta’mirlash ishlarini bajarish vaqtlarida hamda avariyali uzilish xolatlarida xavfsizlik talablariga muvofiq qisqa muddatga elektr energiyasi ta’minotida uzilishlardan tashqari boshqa vaqtlarda hech qanday cheklovlar mavjud emas.
Ma'lumot o‘rnida, iste’molchilarga yetkazib berilayotgan elektr enegiyasi, tunu-kun tegishliligi bo’yicha mas’ul xodimlar tomonidan to’liq nazorat qilib borilmoqda.
Elektr ta’minotida yuzaga kelgan avariyali nosozliklar qisqa vaqt ichida bartaraf etish choralari ko’rilayotganligini bildiramiz.
"Farg‘ona HETK"
matbuot xizmati