RASMIY MUNOSABAT

«Ishonch.uz» axborot-tahliliy portali orqali “Qo‘rg‘onchaliklar tokaygacha qiynalib yashaydi?” sarlavhasi orqali e’lon qilingan murojaatga asosan, asosan, “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi.
“Boboshbek” mahalla fuqarolar yig’iniga qarashli “Qo’rg’oncha” qishlog’ida hududi 35/10 kVli “Shodlik” nimstansiyasidan chiquvchi 10 kVli “Kenagas” elektr uzatish tarmog’i orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.
Qishloq hududidagi mavjud 81–sonli transformator punktidan ta’minlanuvchi iste’molchilarning murojaatiga asosan, joriy yilning may oyida mavjud transformator punkti quvvati 40 kVA quvvatdan, 100 kVA quvvatga oshirilgan. Lekin, transformator punkti yuklama markazida joylashmaganligi sababli kuchlanish tarmoq yakunidagi iste’molchilarda kuchlanish pastligi kuzatilgan.
«Ishonch»ning 2021 yil 25 noyabrdagi sonida «Kichik qishloqdagi katta hasratlar» sarlavhali maqola chop etilgandi. Unda Uchko‘prik tumanidagi Qo‘rg‘oncha qishlog‘i aholisini elektr simlari yaroqsizligi, simyog‘ochlar omonatligi va tok quvvati o‘ta pastligi anchadan buyon qiynab kelayotgani yuzasidan qilingan murojaatiga asosan, mazkur transformator punkti yuklama markaziga ko’chirish choralarini ko’rish maqsadida hududga qushimcha 1,2 km uzunlikda 10 kVli elektr uzatish tarmog’ini yangidan qurish choralari ko’rilmoqda.
Tuman Hokimlining tashabbusi bilan mazkur hududga kerakli tarmoq uchun yangi temir–beton tayanchlari olib kelinib huduga o‘rnatilgan.
Ayni vaqtda ushbu yangi temir–beton tanyachlariga butlovchi elektr qurilmalarni o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Keyingi bosqichda mazkur tayanchlarga tarmoq tortilib, yuqorida ta’kidlab o‘tilgan amaliy ishlar yakuniga yetkaziladi.
Shu o’rinda, Uchko’prik tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan tumanning barcha hududlari to’liq ko’rikdan o’tkazilgan bo’lib, hududlardagi elektr ta’minotiga oid mavjud muammolar bosqichma–bosqich ijobiy hal etish choralari ko’rilmoqda.
"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.