RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlar orqali Qo’qon shahrining ba’zi hududlarida joriy yilning 13-yanvar kuni elektr energiyasi uzilishlar kuzatilayotganligi to’g’risida kelib tushgan murojaatga asosan, “Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi.
Qo‘qon shahar hamda Uchko‘prik tumanlarining ayrim hududlarining elektr ta'minotida uzilishlar kuzatildi.
Bugun soat 18:20da 110 kVli "Furqat2" yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmog‘ining 4-5-tayanchlari oraliq masofasida avariyali uzilish sodir bo‘ldi.
Vujudga kelgan nosozlikni tezkorlik bilan bartaraf etish uchun barcha zarur choralar ko‘rilib, hududga Tezkor chiqish brigadalari faoliyat olib bordi.
Yuzaga kelgan avariyali nosozlik bartaraf etilib, soat 21:06da elektr energiyasi yetkazib berilishi ta'minlandi.
Avariyali uzilish vaqtida keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz.
"Farg‘ona HETK" AJ
matbuot xizmati.