RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT

Boshqarma Axborot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda bugunning dolzarb muammoli masalasi sifatida ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘layotgan Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Ayg‘irko‘l mahallasi aholisining sport o‘yingohi (stadioni) deya e’tirof etilgan yer maydoni, ko‘p qavatli turar-joy qurish maqsadida auksionda sotilganligi, qolaversa mazkur yer maydoni ustidan yuqori kuchlanishli (10kV) havo elektr tarmoqlari o‘tganligi va shu yer maydonida sizot suvlar drenaji mavjud ekanligi ma’lum qilingan. 

Mahalla aholisi va yer maydonlarini auksiondan sotib olgan tadbirkorlar o‘rtasida yuzaga kelayotgan nizoli holatga sababchi bo‘lgan, mutassaddi tashkilot vakillari harakatlarida qonun buzilish holatlari mavjudligi yuzasidan huquq tartibot organlari tomonidan tekshirish ishlari boshlab yuborilgan.


Mazkur mutasaddi tashkilotlar qatorida Davlat kadastrlari palatasi Yakkabog‘ tumani filali xodimlari ham bor, hatto ayrimlarning fikricha bu ishda aynan kadastr xodimlari aybdor ekanligi ham ko‘rsatilmoqda.

Masalaning tub mohiyatiga, amaldagi qonunchilikda belgilab qo‘yilgan tartiblar asosida yondoshadigan bo‘lsak vaziyat quyidagicha;   

2020 yilda Yakkabog‘ tumani markazidan yangi tartib (PF-5886) bo‘yicha ko‘p qavatli turar-joylar qurish uchun tuman qurilish bo‘limi tomonidan (sobiq Cho‘mich massivi hududi) hozirgi Ayg‘irko‘l mahallasida joylashgan jami 0,86 ga. bo‘sh yer maydonida 10 ta   5 qavatli turar-joylar qurilishi rejalashtirilib, bosh rejasi ishlab chiqilgan hamda tuman qurilish bo‘limi boshlig‘i va tuman hokimi imzosi bilan tasdiqlangan.

Ammo viloyat qurilish boshqarmasi rahbarlari tomonidan kelishilmaganligi sababli loyiha oxiriga yetmasdan qolgan.

2021 yilning avgust oyi boshlarida Yakkabog‘ tuman qurilish bo‘limi boshlig‘i bo‘lib ishlagan (hozirda marxum) O.Tilovov tomonidan mazkur bo‘sh yer maydonidan 0,38 gektari 4 ta ko‘p qavatli turar-joylarga mo‘ljallab lotlarga ajratilib, rejasi ishlab chiqilgan va elektron onlayn auksionga chiqarish uchun Davlat kadastrlari palatasi Yakkabog‘ tumani filialiga taklif kiritilgan.

Kadastr filialining “YERELEKTRON” AATga mas’ul xodimi R.To‘rayev tomonidan mazkur yer maydoni biror bir shaxsga yoki korxona, tashkilotga ilgari tegishli bo‘lganligi o‘rganilganida Yakkabog‘ tumani hokimligining zaxira yer fondida hisoblangan bo‘sh yer uchastkasi ekanligi aniqlangan hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 20.12.2019 yildagi “Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun bo‘sh turgan yer uchastkalarini berish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1023-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomning 10-bandiga muvofiq, “YERELEKTRON” avtomatlashtrilgan axborot tizimiga joylashtirilgan hamda xulosalar olish uchun Yakkabog‘ tuman qurilish bo‘limiga yuborilgan. 

Yakkabog‘ tuman qurilish bo‘limi mazkur yer uchastkalari uchun xulosalar olish maqsadida 6 ta vakolatli tashkilotlarga ma’lumotlarni yo‘naltirgan.    

Ular quyidagi tashkilotlar; 

1.Yakkabog‘ tuman suvta’minoti bo‘limi

2.Yakkabog‘ tumangaz gazta’minoti bo‘limi   

3.Yakkabog‘ tuman elektr ta’minoti bo‘limi          

4.Yakkabog‘ telekommunikatsiya bog‘lanmasi       

5. Yakkabog‘ tuman favqulotda vaziyatlar bo‘limi 

6. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi        

O‘z navbatida ushbu tashkilotlar mazkur yer uchastkalari haqidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqib barchasi ijobiy ekanligi to‘g‘risida xulosalar taqdim etgan, shu o‘rinda tuman elektr ta’minoti bo‘limining xulosasi quyidagicha taqdim etilgan; 

Foto: Yakkabog' tuman elektr ta’minoti bo‘limining xulosasi


Ijtimoiy tarmoqlardagi muhokamalardan so‘ng esa tuman elektr ta’minoti bo‘limi qayta o‘rganish natijasida ushbu ma’lumotnomani taqdim etmoqda.

Foto: Yakkabog' tuman elektr ta’minoti bo‘limining
salbiy xulosasi


Barcha vakolatli tashkilotlar tomonidan mustaqil ravishda o‘rganilib, ijobiy xulosalar taqdim etilganidan so‘ng ushbu yer maydoni onlayn elektron savdolarni tashkil etish markaziga yuborilgan va ochiq auksionga chiqarilgan.

Mazkur 4 ta bo‘sh yer uchastlariga tayyorlangan lotlarning 3 tasi 2021 yil dekabr oyida hamda ohirgi 1 tasi 2022 yil 17 yanvar kunida auksion savdolarida tadbirkorlarga auksion g‘olibi sifatida sotilgan.


Report Page