RASMIY MUNOSABAT

RASMIY MUNOSABAT


Ijtimoiy tarmoqlar orqali Beshariq tumanining Ko‘rkam qishlog‘ida yashovchi fuqarolar tomonidan manzildagi elektr tarmoqlarini yangilash yuzasidan yo‘llagan murojaatiga asosan, quyidagilarni ma’lum qilamiz.


Ko‘rkam qishlog‘i 110/10 kVli “Madaniyat” podstansiyasidan chiquvchi 10 kVli “Kollej” elektr uzatish tarmog‘idagi 150-sonli transformator punkti orqali elektr energiyasi bilan ta’minlanadi.


Fuqarolarning murojaatlariga asosan, o‘tgan 2022-yil davomida kishloqdagi transformator punkti quvvati oshirilgan edi. Va mutahassislar tomonidan tarmoq to‘liq ko‘rikdan o‘tkazilib, yangilash uchun dastlabki choralar ko‘rilgan.


Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan, 2022 — 2026 yillarga mo‘ljallangan 72-sonli Qarorga muvofiq mazkur qishloq elektr ta’minoti joriy yilning 2-choragi yakuniga qadar loyiha asosida yangilash ishlari bajariladi.


“Farg‘ona HETK” AJ

matbuot xizmati.

Report Page