RASMIY MUNOSABAT

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Marg’ilon shahridan elektr ta'minotidagi uzilishlar yuzasidan yo‘llangan murojaat "Fargʼona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" АJ tomonidan nazoratga olinib, shahrning elektr ta’minotini barqaror yetkazib borasida tunu-kun qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
O’z navbatida nafaqat Marg’ilon shahrida balki, viloyatimizning barcha shahar, tumanlarida tezkor chiqish brigadalari tashkil etilib joylarda yuzaga kelgan avariyali uzilishlarni o’z vaqtida bartarf etish choralari ko’rilmoqda.
Ma'lumot o‘rnida, “Farg’ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan energotizimda quvvat tanqisligi vaqtlarida kuzatilayotgan elektr ta'minotidagi uzilishlarni oldini olish borasida turdosh tashkilotlar bilan muntazam amaliy ishlar olib borilmoqda.
Ayni vaqtda Marg’ilon shahridagi barcha elektr qurilmalar soz xolatda ish rejimida ishlamoqda.
"Farg‘ona HETK"
matbuot xizmati