RASMIY MUNOSABAT.

RASMIY MUNOSABAT.

 

NOSOZ HOLATGA KELTIRILGAN TAYANCH, SOZ HOLATGA KELTIRILIB, XAVFSIZ JOYGA KO‘CHIRILDI!? AMMO...

Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlar orqali Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani “Eshonguzar” MFY Saodat ko‘chasi 5-uy yonida joylashgan nosoz holatga keltirilgan simyog‘ochni almashtirish yuzasidan yo‘llangan murojaatga asosan “Farg‘ona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ quyidagilarni ma’lum qiladi.

Murojaatdagi manzilda yashovchi xonadon egasi tomonidan elektr tarmoqlarining muhofaza zonasiga amal qilmagan holda qurilish ishlarini amalga oshirishi natijasida uyning tom qismi mazkur elektr uzatish tarmog‘ining tayanchiga yaqin kelib qoladi.

Elektr uzatish tarmog‘ini xavfsiz hududga ko‘chirish borasida fuqaro tomonidan ta’minot korxonasiga hech qanday murojaat qilmasdan, o‘zboshimchalik bilan, o‘zi va yaqinlari hayotini xavf ostiga qo‘yib, tayanchni qurilish bo‘layotgan binodan uzoqlashtiradi.

Bu esa, o‘z navbatida tayanchni nosoz holatga kelishiga olib keladi.

Qo‘shtepa tuman elektr ta’minoti korxonasi tomonidan ushbu murojaat murojaatchilar ishtirokida o‘rganib chiqilib, mazkur tayanchni xavfsiz joyga ko‘chirish hamda soz holatga keltirish ishlari bajarildi.

Shu o‘rinda iste’molchilardan joylardagi mavjud elektr qurilmalarga hamda tarmoqlarga tegishliligi bo‘yicha ta’minotchi korxonani xabardor qilmasdan har qanday ish bajarmasliklarini so‘rab qolamiz!

 

Zero, Siz va yaqinlaringiz hayoti biz uchun qadrli!

 

“Farg‘ona HETK” AJ

matbuot xizmati.



Report Page