RASMIY MA`LUMOT

RASMIY MA`LUMOT

SURXONDARYO VILOYATI IIB YHXB

Mazkur holat joriy yilning 19 sentabr kuni soat taxminan 21:25 lar chamasi Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg`on tumani “Surxon sohili” mahallasida sutkaning qorong`i vaqttida sodir etilishi mumkin bo`lgan mudxish yo`l transport hodisalarining oldini olish, qo‘pol qoidabuzar haydovchilarni aniqlash va keskin choralar ko`rish, xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo`llarida va ushbu yo`l kesimida joylashgan shahar-tumanlarda harakat xavfsizligini ta`minlash maqsadida tungi xizmatga jalb etilgan Surxondaryo viloyati IIB YHXB YPXO 4-safarbar guruh inspektorlari safdor Ziyodullayev B, Nazarov N va YHXB Matbuot guruhi katta inspektori katta leytenant A. Choriyev , Qumqo`rg`on tumani IIB YHXG katta inspektori katta leytenent F. Arziqulovlar aniq ma`lumotlarga tayanib mast holda boshqarilib kelinayotgan “Lasetti” rusumli 75 G 535 KA davlat raqam belgili avtoulovni haydovchisini holatini aniqlash maqsadida to`xtatilganida, haydovchi inspektorlarning qonuniy talabini bajarmay qochib ketishga harakat qiladi. Oldindan ko`rilgan xavfsizlik choralari sababli haydovchi avtomashina rulidan tushirib olinadi va Qumqo`rg`on tumani Tibbiyot birlashmasiga olib borilib mastligi yoki mast emasligini aniqlash maqsadida  tibbiy tekshiruvdan o`tkaziladi. Tibbiy tekshiruv xulosasiga ko`ra haydovchi, 1977 yilda Surxondaryo viloyati Qumqo`rg`on tumanida tug`ulgan, tumanning “Bobolochin” mahallasida istiqomat qiluvchi  T. Sh  alkogoldan mast holda ekanligi tasdiqlanadi.  Haydovchi T. SH Qumqo`rg`on tumani IIB ga olib borilib, unga nisbatan YPX inspektori tomonidan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 131-moddasi bilan UZ-20 01-312907 raqamli bayonnoma rasmiylashtirilib, transport vositasi vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtiriladi. Hozirda haydovchining sodir etgan huquqbuzarligiga oid materiallar jinoyat ishlari bo`yicha Qumqo`rg`on tuman sudiga yuborilgan. 

Surxondaryo viloyati IIB YHXB Axborot xizmati.

Report Page