«RAQAMLASHTIRISH SHAROITLARIDA INTELLEKTUAL MULK»

«RAQAMLASHTIRISH SHAROITLARIDA INTELLEKTUAL MULK»

qisqa muddatli elektiv o‘quv kursi


Kurs davomida siz quyidagi bilimlarga ega bo‘lasiz:

1-Mavzu: «Raqamlashtirish sharoitlarida intellektual mulk» kursiga kirish.

Asosiy masalalar: Intellektual mulk tushunchasi va turlari. Raqamlashtirish sharoitlarida intellektual mulkning ahamiyati. Intellektual mulk sohasidagi halqaro kelishuvlar. Dunyoda intellektual mulk.

2-Mavzu: Raqamli muhitda mualliflik huquqi.

Asosiy masalalar: mualliflik huquqining ob’ektlari va sub’ektlari. Internetda asarlardan erkin foydalanish. Internet tarmog‘ida mualliflik huquqlarining himoyasi. Onlayn muhitda mualliflik huquqlarini jamoaviy boshqarish. Kompyuter dasturlari va ma’lumotlar bazalariga bo‘lgan mualliflik huquqi.

3-Mavzu: Patent huquqi va raqamli texnologiyalar.

Asosiy masalalar: Raqamli ixtirolarni patentlash. Patent landshaftlari va raqamli patent bazalari. Axboorot texnologiyalari sohadagi patentga oid ziddiyatlar. Global tarmoqlardagi “Patent qaroqchiligi”. “Patent trollari” va raqamli texnologilar.

4-Mavzu: Internet makonidagi tovar belgilari.

Asosiy masalalar: Raqamlashtirish sharoitlarida tovar belgilarini ro‘yxatga olish. Domen nomlarida tovar belgilaridan foydalanish. Tovar belgilarini kiber-firibgarlikdan himoya qilish. Onlayn muhitda firibgarlikka qarshi kurashish. Ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda tovar belgilari.

5-Mavzu: Raqamli biznesda nou-xau va tijorat sirlari.

Asosiy masalalar: Nou-axu va tijorat iri tushunchasi va ularning belgilari. Nou-xau va tijorat sirining huquqiy himoya qilish. Ishlab chiqarishning raqamli sirlarini oshkor qilish. Axborotlarning maxfiyligi tartibini (rejim) ta’minlash. Raqamli sirlarni oshkor etmaslik bo‘yicha bitimlar (kelishuv).

6-Mavzu: Raqamli ma’lumotlar bazalariga bo‘lgan huquq.

Asosiy masalalar: Ma’lumotlar bazalariga bo‘lgan huquqning ob’ektlari va sub’ektlari. Ma’lumotlar bazasiga onlayn kirish va foydalanish. raqamli ma’lumotlar bazalarini, ulardan ma’lumotlarni ruxsatsiz olishdan himoya qilish. Ma’lumotlar bazalarini ochish: foydalanish shartlari. Blokcheyn va markazlashmagan ma’lumotlar bazalari.

7-Mavzu: Raqamli ma’lumotlarni berish to‘g‘risidagi litsenziya shartnomalari.

Asosiy masalalar: IT sohasidagi litsenziya shartnomalarining turlari. raqamli mahsulotlar ommaviy ofertasining standart shartlari. Litsenzii “Creative Commons” litsenziyalari va ochiq litsenziyalash. Dasturiy ta’minotlarning litsenziyalari. Ijtimoiy tarmoqlar va platformalardagi kontentlarning litsenziyalari.

8-Mavzu: Internet tarmoqlarida intellektual huquqni himoya qilish.

Asosiy masalalar: Raqamli huquqlarni suddan tashqarida himoya qilish usullari. Internet tarmog‘idagi huquqbuzarlik uchun javobgarlik choralari. “Raqamli qaroqchilik” va unga qarshi kurash. Intellektual huquqlarni buzadigan saytlarni blokirovka qilish. Raqamli aktivlarni qo‘lga olish.

9-Mavzu: Raqamli sharoitlarda intellektual mulk iqtisodiyoti.

Asosiy masalalar: Raqamli iqtisodiyotda intellektual mulk ob’ektlarining bozori. Intellektual mulk ob’ektlari narxlarining hosil bo‘lishi. Intellektual mulk tannarxini baholash. Intellektula mulk ob’ektlari bilan opratsiyalarni soliiqa tortish. Raqamli aktivlarga investitsiyalar.

Shu va boshqa mavzular bo‘yicha kurs davomida puxta bilimlarni o‘zlashtirasiz.


Report Page