RAMAZON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN!

RAMAZON HAYITI MUBORAK BO‘LSIN!

https://telegra.ph/

Assalomu alaykum, aziz vatandoshlar!

Sizlarni mehr – oqibat, ezgulik va sahovat ayyomi – Ramazon hayiti bilan chin yurakdan muborakbod etamiz!

Mehr va e’tibor ko‘rsatish, yaxshilik, sabru – qanoat kabi ezgu hislatlarni o‘zida jam etgan bu bayramning mazmun – mohiyatini bugun har birimiz yaxshi anglaymiz.

Ramazon hayitini dunyo musulmonlari qatori yurtimiz ahli ham mana bir necha yillardan beri katta shodiyona va xursandchilik bilan o‘tkazadi. Ushbu kun ilohiy rahmat Yer yuziga yog‘iladigan, qalblar zavqlanadigan ajoyib fursatdir.

Muhtaram Prezidentimizning “Ramazon hayitini nishonlash to‘g‘risida”gi qarorlari e’lon qilindi. Ushbu qarorda belgilangan muhim vazifalar Ramazon hayitining yurtimizda ko‘tarinki ruhda o‘tishiga asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.

Bunday savob ishlarga bosh bo‘layotgan davlatimiz rahbari va barcha mas’ullarga xalqimiz nomidan cheksiz minnatdorlik izhor etamiz.

Mana shunday fayzli kunlarga yetkazgani uchun cheksiz shukronalar aytamiz. Fazilatli kunlarda xalqimizga tinchlik-osoyishtalik, qut-baraka va turli balo-ofatlardan himoya qilishini tilab duolar qilamiz.

  Muhtaram Yurtboshimizni, butun xalqimizni, talaba – yoshlar, professor – o‘qituvchilar, ishchi – xodimlar, qolaversa, dunyodagi barcha mo‘min-musulmonlarni Iydul Fitr – Ramazon hayiti bayrami bilan yana bir bor tabriklaymiz, yurtimizga tinchlik-barqarorlik, dasturxonlarimizga qut-baraka, xonadonlarga baxt-saodat tilaymiz!


Aziz yurtdoshlar, Ramazon hayitingiz muborak bo‘lsin!


Hurmat bilan, Xudaynazar Yunusov

Biologiya fanlari, doktori, professor,

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan chorvador, 

SamDVMCHBU rektori

Report Page