RAD ETILGAN
- 宮脇 - #Miyawaki_Sakura
_sohil qirg'oqida qo'llarida qizil atirgul bilan hamohang bog'lanuvchi dengiz to'lqinlari yigitni yanada jumbushga solib yuborardi. Deyarli quyosh botishiga bir necha soniyalar qolganda ingichka oyoqlaridan tuflisini yechkancha nam qum ustida yurib kelayotgan qiz ro'parasidagi yigitga tobora yaqinlashar ekan uning qadam tovushlari eshitilmay yurushi ancha sekinlashib borardi.
PovJungkook_uni ko'rdim, negadir yuragimni juda qattiq hayajon bosmoqda. Balki bu tabiiy holdir? axir men uni sevaman
Pov.Sakura_uni qo'llaridagi bu qirmizi atirgullar ularni tezroq qo'llarimda ushlab iforini his etishimga undamoqda. Lekin... uni ushlab turgan qo'llar egasi yaqin vaqt ichida chuqur tubsizlikda qolishidan afsusdaman~
_vanihoyat qiz undan ko'zini uzmay qadamini sanayotgan yigit qarshisiga kelib to'xtadi-yu atirgullarni uning qo'llaridan olib darxol hidlashga tushdi
- ular juda maftunkor
- Sakura! men seni sevaman!
_yigit ko'zlaridagi quvonch aralash hayajon bilan qizning ko'zlariga termulgancha dunyodagi eng yoqimli so'zlarni aytdi
- men esa seni sevmayman!
PovJungkook_u meni rad etdi...
_yigitning ko'zlaridagi quvonch birzumga uning baxtli yuzida qoldi-yu dengiz to'lqinlari kabi yo'qoldi
- Jungkook, men senga boshidan aytgandimku. Hech qachon ishqiy munosabatlarda bo'lolmayman deb! Menga bo'lgan his-tuyg'ularingni qabul qilaman ammo javob qaytara olmayman...
Pov.Jungkook_uning bu so'zlari menga yod bolib ketgan, nafaqat menga! unga dil isxori qilgan barcha yigitlarga... nima uchunligini tushunmayman lekin Sakura rostan ham ishqiy munosabatlarda bo'lishni istamaydi. Baribir buning iloji bo'lishi kerak, axir u muzyurak emas
- bilasan bu senga birinchi marta sevgimni tan olishim emas shunday ekan...
- ha! sen muhabbatingni juda ko'p marotaba tan olgansan biroq bu safar ham doimgidek seni rad etaman Jungkook
_qizning ko'ngilni teshib o'tuvchi so'zlari yigitni tobora tubsizlikka cho'ktirib borardi
- 19yoshimgacha hechqachon ishqiy munosabatlarda bo'lmaganman va bo'lmayman ham. Ammo Jungkook, men sen bilan do'st bo'ldim! Sen mening yagona qarama-qarshi jinsdagi do'stimsan shunday emasmi?
- iliqlik...
_yigit muhabbatga to'la ko'zlari bilan qarshisidagi yuragining sohibasiga chuqur termulgancha
- yuragingda menga nisbatan zarracha bo'lsada iliqlik uyg'ota olishim uchun nima qilishim kerak? seni ideal insoning bo'la olishim uchun menga nima yetishmaydi? meni huddi men seni sevganimdek butun borlig'ing bilan sevishingni istayman!
_qiz yigitga baholi tikilgancha uni quchoqladi va quloqlari ostida shivirladi
- meni ideal insonim qanaqa bo'lishi meni qiziqtirmaydi, shunchaki uning ovoz tonidan tanamda titroq sezishni, iforidan aql-xushimni yo'qotishni va har ko'zlariga tikilganimda faqat o'zimni ko'rishni istayman! Agar shunday inson bo'la olsang seni ijozatingsiz ham o'zimniki qilib olaman~
PovJungkook_mana u qanday hissiyotni xohlaydi! Agar aslida uning qalbi qandayligini bilmaganimda tashqaridan o'zini sovuqqon tutuvchi qizni aslo sevib qolmagan bo'lardim. U uchun barchasini qilishga tayyorman hat toki o'zimni butkul o'zgartirishga ham~
< oradan 3yil vaqt o'tdi...
- Sakura qizalog'im, ishinga kech qolasan-ku bularni o'zim keyinroq ichib olaman
- yo'q buvijon aslo! bilaman, hozir menga shunday deysiz lekin ketganimdan so'ng dorilaringizni ichish yana yodingizdan ko'tariladi
_to'shakdagi yuzidan nur porlab turgan qari ayolga dorisini tutqazayotgan qiz tokchadagi stakanni maxkam siqgancha buvisiga ichirardi
- ana ko'rdingizmi bunga hechqancha vaqt ketmadi, endi ko'nglim tinch ketishim mumkin
_eshikdan kirib kelgan hamshira qizning buvisi yoniga joylashdi
- Sakura xonim, ishingizga kech qolasiz tezroq boring
- hamshira Choi buvijonimga yaxshilab g'amxo'rlik qiling! Yana birorta palatadagi chol ularni sevib qolmasin~
- voy yaramas uyatsiz qiz tushmagur-e buyoqqa kelchi
_buvisini yuzidan o'pishga ulgurgan qiz uning kaltagidan bazo'r qochib qoldi
• • •
Pov.Jungkook_men chindan ham shu ishni qilmoqchimanmi? Ehh, bilaman bu axmoqlikdan o'zgasi emas~
_universitet qarshisida o'ylangancha tik turgan erkakka yo'lakchadagi barcha talabalar diqqat bilan uning harbir tana qismini o'rganib chiqishga oshiqishardi ayniqsa qizlar
- vauv, sen bu mushakdor yigitni tanirmiding? nahotki u bizni universitetda o'qisa-yu birormarta ko'rmagan bo'lsam
- menimcha u yangi! agar bu kabi mukammalik siymosi bizning hududda talaba bo'lganida alaqachon bundan xabardor bo'lardim
- uni tanasi tugul hattoki yuzi ham betakror~ men uni sevgan qizi bo'lishni istayman...
_turli tarafdan eshitilayotgan pichir-pichirlar erkakni diqqatini torta olmasdi ammo to'satdan uning ortidan baland ovozda chalinyotgan mashina signali quloqni teshib yuborgudek jumbushga solardi
Pov.Jungkook_bu lanati signalni kim chalyapti!? asablarim joyidamas mashina egasini yaxshi kelajak kutishi nomalum
_erkak ortiga o'girilishi bilan mashina oynasidan boshini hali chiqarib ulgurmay og'zini to'ldirib bulochka yeyotgan holida gapirishga harakat qilyotkan qizni ko'rishi bilanoq kepkasini yaxshiroq kiyib ichkariga shoshgancha kirib ketdi
- voy yaramas! bemalol yo'lni o'rtasida turib olganinichi, qochib qolmaganda o'zim tazirini berardim!
- prafessor Miyawaki, iltimos odobni saqlagan holda og'zingizni bo'shatgach keyin gapirsangiz. Chunki bu tashqaridan juda qopol va kulguli ko'rinmoqda ayniqsa talabalar uchun
- prafessor Chxve aqlilik qilishni hoziroq yig'ishtirmasangiz, kelasi safar yalinib-yolvorsangiz ham mashinamda olib kelib qoymayman
_qiz vaziyatdan chiqish uchun yonida o'tirgan erkakka shunday degancha bulochkasini boricha og'ziga tiqib yubordi
• • •
- Futaba! senga hammasini to'liq yozib qo'y deb aytgandim, menimcha daftarimni ochib ham qaramagansan!
- birinchidan, bunga rozi bo'lmagandim lekin sen shundayam daftaringni sumkamga solding! ikkinchidan, seni cho'ring emasman qanaqadir kanspektlaringni tinmay yozib beradigan! uchinchidan esa Soyun! avvalgi safar kasal bo'lib qolganing uchungina darslardan qolib ketma deb kanspektlaringni qilib bergandim ammo sen mutlaqo boshimga chiqib olding
- hozir ham kasalman, yozib bergin aks holda baholarim pasayib ketadi
_sochlari malla aralash sarg'ish qiz qarshisidagi qoracharoq qizga qarab ho'rsingancha
- endi bu meni qiziqtirmaydi!
- bu nohaqlik hoy Futaba ortinga qayt...
_allaqachon rektor xonasiga kirib ketgan qizning ortida qolib ketgan Soyun ikkilanishlarsiz keyingi o'ljasi tomon yugurdi...
- hayrli tong Janob Hwang, guruhraxbarimiz biroz kechikani sababli guruhsardori sifatida yoningizga keldim
- prafessor Miyawaki yana kechqoldimi? bu qizga hechqachon erta kelishni o'rgata olmayman
- adashmasam bizning guruhga yangi talaba qabul qilingan shundaymi?
- ha ha, Jungkook kirishing mumkin
_ichkari eshik ochilib uyerdan baland bo'yli va kelishgan erkak kirib keldi, uni ko'rgan qiz esa ichidagi g'alati hissiyotlar bilan undan ko'z uzolmay qoldi
- ho'sh Janob Hwang, yangi talabasini kutib olgani guruhraxbarining o'zi kelolmadimi?
- ularning o'rinlariga men keldim! agar guruhraxbarimizni ko'rishni shunchalik istasang 2para bizda darslari bor
_erkakning gapiga keskin javob bergan qiz raxbarini tarafini olganidan mamnunligini shundoq tabasumidan bilinib turardi
- meni sensirashinga qaraganda sen guruhsardorisan shundaymi?
_qizga yaqinroq kelgach uni sinchikovlik bilan ko'z rengenidan o'tkazdi bu vaziyatdan o'zini ancha noqulay his qilayotgan qiz yutungancha
- ha bizlar endi kursdoshlarmiz shunday ekan sensirashim tabiiy hol emasmi?
- Futaba u sen bilan tengdosh emas, uning yoshi 22da sen esa 18yoshdasan
_rektorni gaplarini eshitgan qiz quloqlariga ishonmay qarshisidagi erkakka savoli tikilgach
- Janob Hwang to'g'ri aytdi, yoshim 22da
- haa...
Pov.Futaba_nahotki bu axmoq prafessor Miyawaki xonim bn teng yoshda bo'lsa? shu yoshida oliy o'quv yurtiga kirgan bo'lsa demak u shu darajada bilimsiz ammo mushakdor telba
- Futaba sen Jungkookni 1paraga olib bor, uni hujjatlarini esa guruhraxbaringa berish yodingdan ko'tarilmasin
- hop Janob Hwang, aytganingizdek qilaman
_qizning ortidan ergashayotgan Jungkook bildirmay hujjatlaridan rasmini yulib oldi-yu cho'ntagiga solib qoydi
- demak sen... yog'e siz... menimcha shu yoshda universitetda o'qish biroz...
- axmoqlik? shunday demoqchimiding?
- yoq bu darajada emas ammo rostan ham...
- men allaqachon bu universitetni diplomini ham uning magistirligini ham olib bo'lganman
_uning ishonchga to'la gaplarini eshitayotgan qiz bu safar haqiqiy telbaga qaragandek unga tikildi-yu
- demak to'laqonli oliy ma'lumotli inson bo'lishingizga qaramay baribir 1kurs boldingiz va shu lanati bilim maskanida o'zingizni qiynab o'qimoqchisiz?
- umuman olganda aynan 1kurs bo'lishim shart emas edi, lekin prafessor Miyawaki faqat shu guruhga raxbarlik qilganidan so'ng noiloj 1kurslarga qo'shilishim kerak bo'ldi
- siz bilan ortiq gaplasha olmayman aks holda miyangizni axmoqona savollarga javob qidirish bilan band qilib qo'yishim turgan gap
Kirish qism tutadi →davomi bor...