Quyi Chirchiq tumani hokimi Xolmuradov Akmal Arslanovichning hudud yoshlariga 

Quyi Chirchiq tumani hokimi Xolmuradov Akmal Arslanovichning hudud yoshlariga 

MUROJAATI



Aziz yoshlar!


Davlatimiz Rahbari tomonidan mamlakatimizda joriy yilni “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilinishi, har bir mahallada yoshlar bilan manzilli ishlash borasida oldimizga ulkan vazifalarni qo‘ymoqda.


Shuningdek, Bu vazifalarni amalga oshirish uchun o‘tgan yilning o‘zida tumanimizda “Yoshlar daftari” orqali 1428 nafar yoshlarga 2 mlrd 643,1 so‘mlik yordam ko‘rsatildi. 


Shu bilan birga, “Yoshlar balansi” asosida 684 nafar “qizil” toifadagi yoshlar 18 nafar sektor va tashkilot rahbarlariga nomma-nom biriktirildi. Amaliy choralar natijasida ularning hammasi “yashil” toifaga o‘tkazildi hamda har bir mahallada “fuqarobay” tasdiqlangan “Yoshlar bandlik dasturlari” amalga oshirilib, 366 nafar ishsiz yoshlar va 1 ming 132 nafar maktab bitiruvchilarining bandligi ta’minlandi.



Bundan tashqari mahalla, maktab, professional ta’lim va oliygohlar tizimida o‘tkazilgan “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi musobaqalarda tumanimizning 7 nafar yoshlari yuqori natijalarni qo‘lga kiritdi. 


Quyi Chirchiq tumani “Madaniyat” mahallasi yoshlar yetakchisi tashabbusi bilan Toshkent viloyati hokimligi tomonidan yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va kitobxonlikka qiziqishini orttirish maqsadida 2 000 ta badiiy kitoblar ajratildi.

Shu bilan birga, tumanimizda yoshlarning haq-huquqlari va manfaatlarini kafolatlash, ularni barkamol qilib tarbiyalash, hayotda o‘z o‘rinlarini topishlariga qaratilgan ishlarimizni yanada takomillashtirishimiz lozim.


Shu bois, joriy yilda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘ramiz.


Buning uchun, birinchi navbatda “Yoshlar daftari” tizimi orqali 2 ming 069 nafar yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal qilishga asosiy e’tiborimizni qaratamiz. 


“Yoshlar balansi” asosida 377 nafar davlat ko‘magiga muhtoj yoshlarni 18 nafar sektor va tashkilot rahbarlariga biriktirib, yil yakuniga qadar ularni to‘liq “yashil” toifaga o‘tkazamiz.


Shu bilan birga, yil yakuniga qadar tadbirkorlik qilish istagidagi 10 nafar yoshlarimizning biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 145 mln 500 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratamiz.


Dehqonchilik qilish istagidagi 451 nafar yoshlarga 600 gektar unumdor ekin maydonlaridan ajratib, har bir yoshning yiliga o‘rtacha 40-50 mln so‘m daromadga ega bo‘lishini ta’minlaymiz.


“Yoshlar bandlik dasturlari” orqali 8 ta mahallani yoshlar ishsizligidan holi hududga, “Harakatlar rejasi” orqali 15 ta mahallani yoshlar jinoyatchiligidan holi hududga aylantiramiz.

Shuningdek, xorijda ishlash istagidagi 620 nafar yoshlarni monomarkaz, kasb-hunar markazi va texnikumda chet tili va kasb-hunarga o‘qitib, tashkillashtirilgan tartibda rivojlangan davlatlardagi xavfsiz va yuqori daromadli ish o‘rinlariga yuboramiz.


263 nafar bitiruvchilarimizni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlaymiz.


Xorijiy til sertifikatiga ega yoshlar sonini 75 nafarga, yosh kitobxonlar sonini 10 ming nafarga yetkazish choralarini ko‘ramiz.


Buning uchun o‘quvchi yoshlarimizni ikkita xorijiy til va bitta kasbga o‘rgatish bo‘yicha maktablarda barcha zarur sharoitlarni yaratamiz. 


Ay-Ti sohasiga qiziqishi bor 70 nafar yoshlarni “Har bir mahalladan ikki nafar dasturchi” loyihasiga jalb qilish orqali sohadagi yuqori daromadli ishlar bilan ta’minlaymiz.


Shuningdek, tumanimizda, 3 ta sport maydonchalari barpo etiladi, 1 ta yoshlar sayilgohi, 1 ta yoshlar ijod ko‘chasi, 1 ta “Kreativ park”, 1 ta kutubxona tashkil etiladi. 


Oldimizga qo‘ygan bu ulkan reja va vazifalarni amalga oshirishda siz aziz yoshlarimiz biz bilan bir safda bo‘lib bor kuch va imkoniyatingizni safarbar etishingizga, tashabbusni o‘z qo‘lingizga olib, mahallangiz va tengqurlaringizning hayotini yaxshilash, tumanimizni yanada obod qilish yo‘lida bor kuch g‘ayratingizni ayamasligingizga ishonamiz.

Lekin, “Qars ikki qo‘ldan chiqadi” – degan dono naqlga tayanib, siz aziz yoshlarimiz har daqiqaning qadriga yetib, o‘z ustingizda to‘xtovsiz ishlashingiz, kitob o‘qishingiz hamda xorijiy tillarni o‘rganishni “qat’iy kun tartibingiz”ga aylantirishingiz hamda tumanimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga kamarbasta bo‘lishingiz lozim.


Umuman olganda biz sizlarni doim qo‘llab-quvvatlaymiz va tumanimizda amalga oshirilayotgan islohotlarda yoshlarimizni faol ishtirok etishga, tashabbuskor va faol bo‘lishga chaqirib qolamiz.


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇


📱Telegram (https://t.me/quyi_chirchiq_pressa) 🌐WebSayt (https://quyichirchiq.uz/)  🌐YouTube (https://www.youtube.com/channel/UCdvoGNwObrWDa-nx5T6l-Qw) (https://www.youtube.com/channel/UCs_CDGqEiSrm94aM7JukKRA)📱 Instagram 📱 (https://www.instagram.com/quyichirchiqhokimligi/) Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61551018809047&mibextid=ZbWKwL)



Report Page