#Quyi_Chirchiq_tumani
#Imom_Termiziy_tavalludi📚Yosh avlod buyuk allomalarning ma’naviy merosidan ozuqa olib, ulg‘aygan. Ajdodlarimiz yaratgan bunday asarlar hamon yoshlar uchun o‘chmas shamchiroq, hayot yo‘llarida ishonchli mayoq vazifasini o‘tamoqda, qadr-qimmati oshib bormoqda.
⚡️Prezidentimizning 2024-yil 15-avgustdagi “Imom Termiziy tavalludining 1200-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi Qarori ham o‘tmishda yashab, avlodlari uchun mangulikka yo‘g‘rilgan qadri tengsiz olimu fuzalolarimizni jahonga keng targ‘ib qilish barobarida o‘g‘il-qizlarimizning ma’naviy-ruhiy olamini boyitish, ular qalbida milliy iftixor, Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat va azaliy qadriyatlarga hurmat hissini yanada yuksaltirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.
📚Bugun tumandagi 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida buyuk olim, vatandoshimiz Imom Termiziyning ulkan ilmiy merosini yanada chuqur o‘rganish, xalqimiz va jahon jamoatchiligi o‘rtasida keng targ‘ib etish, ushbu yo‘nalishda olib borilayotgan tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, yosh avlodning ma’naviy-ruhiy olamini boyitish, ularning qalbida milliy iftixor, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirish maqsadida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
📍Tadbirda Din ishlari bo‘yicha viloyat vakili M.O‘razov, RMMM tuman bo‘linmasi rahbari B.Axmedov, tuman bosh imom xatibi Sh.Imomiddinovlar ishtirok etib, buyuk termiziyning ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish ham milliy o‘zligimizni anglashga xizmat qilishi to‘g‘risida so‘z yuritishdi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇
📱Telegram 🌐WebSayt 🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
007