đŸ’„ “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi Oliy ligasi 2022 yilgi mavsum – saralash bosqichi Festivallariga start berildi.

đŸ’„ “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi Oliy ligasi 2022 yilgi mavsum – saralash bosqichi Festivallariga start berildi.


Dastlabki mazil Farg‘ona shahri bo‘ldi.

Joriy yilning 5 sentabr kuni Fargʻona viloyati Islom Karimov nomidagi teatr-konsert saroyida “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovi Oliy ligasining 2022 yilgi mavsum – saralash bosqichi Festivali bo‘lib o‘tdi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati hamda Farg‘ona viloyati boshqarmalari ko‘magida O‘zbekiston Quvnoqlar va zukkolar assotsiatsiyasi tomonidan o‘tkazildi.

Jami 15 ta, Andijon, Namangan, Farg‘ona hamda qo‘shni Qirg‘iziston Respublikasi jamoalari festival formatida – bir marotabadan chiqish qilib kelganlarga yaxshi kayfiyat ulashdi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, mavsum reglamentiga ko‘ra barcha saralash bosqichi Festivallari o‘z nihoyasiga etganidan so‘ng eng sara jamoalar tanlab olinib, televizion efirga – “Quvnoqlar va zukkolar” koʻrik-tanlovi Oliy ligasining 2022 yilgi mavsum chorak final bosqichiga taklif etiladilar.

Navbatdagi Festivallar 8 sentabr Termiz, 12 sentabr Nukus, 15 va 16 sentabr Toshkent shahrida hamda 19 va 20 sentabr Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.



Report Page